3. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlariga oid amaliyot uchun muhim bo‘lgan xulosalar 1) Bir fazali transformatorda faqat 0 va 6-guruhlarni olish mumkin. Bir fazali ikki chulg‘amli transformatorlar standart bo‘yicha faqat II – 0 ulanish guruhiga moslab tayyorlanadi;
2) Chulg‘am fazalarining bak qopqog‘idagi standart bo‘yicha belgilanish ketma-ketligi («A-B-C» va «a-b-c») o‘zgartirilmaganda YY – 0 sxemasi 0 yoki 6-juft guruhlarni beradi;
3) Moyli transformator chulg‘amlarining bak ichida ulangan YY – 0 sxemasini o‘zgartirmagan holda PK fazaviy chulg‘amlarning uchlarini chapdan o‘ngga («a-b-c»; «c-a-b; «b-c-a») siljitib belgilash natijasida 0-guruhdan 4 va 8-guruhlarni hosil qilish mumkin. (Izoh: har bitta siljitib belgilashda bir xil nomlangan EYuK 120 430 burchakka buriladi, demak, guruhning nomeri ham to‘rttaga o‘zgaradi);
4) YY – 6 ulanish sxemasiga o‘tish uchun transformator baki ichidagi nol hosil qilingan simni fazaviy chulg‘amlarning boshiga ko‘chirish zarur bo‘ladi (bu holda PK chulg‘amning barcha EYuK lari YuK chulg‘am EYuK lariga nisbatan teskari, ya’ni 180 yo‘naladi).
5) YY – 6 ulanish sxemasida chapdan o‘ngga siljitib belgilash natijasida 6-guruhdan 10 va 2-guruhlarni hosil qilish mumkin.
6) Y yoki Y sxemalarida transformator bakining qopqog‘iga chiqarilgan uchta fazaviy chulg‘am qisqichlarining standart bo‘yicha (A-B-C va a-b-c) joylashtirilishi uchun 1, 5, 7 va 11-toq guruhlarni olish mumkin. 3 va 9-toq guruhlarni hosil qilish uchun esa fazalar belgilanishini (masalan, PK chulg‘am tomondan) o‘zgartirish zarur bo‘ladi;
7) sxemalari 0, 2, 4, 6, 8 va 10-juft guruhlarni beradi;
8) YZ sxemalarida chulg‘am qisqichlari yuqorida ko‘rsatilgandek (A-B-C va a-b-c) ketma-ketlikda joylashtirilganda 1, 5, 7 va 11-guruhlarni olish mumkin;
9) YuK yoki PK chulg‘amlarning tegishlicha X, Y, Z yoki x, y, z oxirlarini ularning boshlari sifatida foydalanish, ya’ni bir xil kuchlanishli fazaviy chulg‘am boshi va oxirlarini almashtirib belgilashda faqat «yulduz» sxemasi uchungina guruhni oltitaga o‘zgartiradi.
10) «Uchburchak» yoki «zigzag» sxemalari uchun har bitta fazaviy chulg‘am boshi va oxirlarini o‘zaro almashtirib belgilashda chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi bilan bir vaqtda fazalararo ulanish ketma-ketligi ham o‘zgarganligi tufayli guruhni oldingidek oltitaga emas, balki boshqaga o‘zgartiradi;
11) Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorlarning barcha ulanish guruhlaridan quyidagi: YY0 – 0, Y – 11, Y0 – 11, YZ –11 ulanish sxemalari va guruhlarini amaliyot uchun standart tavsiya qilgan.