U. T. Berdiev


Ikkilamchi chulg‘amida nol ketma-ketlikli toklari bo‘lgan nosimmetrik yuklama



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə34/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Ikkilamchi chulg‘amida nol ketma-ketlikli toklari bo‘lgan nosimmetrik yuklama. Bunday hol faqat ikkilamchi chulg‘am Y sxemasiga ulanib, nol simi tashqariga chiqarilganda yuzaga keladi. Bu toklarning transformator ishlariga ta’siri birlamchi chulg‘am qanday (Y yoki ) sxemaga ulanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyida shu variantlarni alohida tahlil qilamiz.
1. Birlamchi chulg‘am Y ga, ikkilamchi chulg‘ami esa «nol simli yulduz (Y0)» sxemasi bo‘yicha ulanganda ikkilamchi chulg‘amning keltirilgan toklari quyidagilarga teng bo‘ladi:

Birlamchi chulg‘am Y sxemaga ulanganligidan nol ketma-ketlik tutashadigan kontur bu sxemada bo‘lmaydi, va shu sababli, ikkilamchi chulg‘amdagi nol ketma-ketlikli toklar birlamchi chulg‘amga tranformatsiyalanmaydi, ya’ni yuqori kuchlanishli chulg‘amda I(0)= 0 bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi I(a) , I(b), I(c) va IA, IB, IC toklar har bitta fazada ixtiyoriy vaqtda o‘zaro teng va qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lgani uchun, ular hosil qilgan MYuK lar o‘zaro muvozanatlashadilar va shu sababli, transformator o‘zagida magnit oqimini hosil qilmaydilar. Nol ketma-ketlikli I(0) toklar faqat ikkilamchi chulg‘amdan o‘tadi va magnit jihatdan hech nima bilan muvozanatlashmaganligi tufayli ular magnitlovchi toklar bo‘lib, transformatorda qo‘shimcha magnit oqimi F(0) ni hosil qiladi. Bu magnit oqimlar hamma fazalarda bir xil va fazalari mos keladi.
Uch sterjenli transformatorda F(0) o‘zakdan o‘tib, magnit qarshiligi katta bo‘lgan oraliqlar orqali tutashadi va shu sababli, uning qiymati kichik bo‘ladi. Nol ketma-ketlikli toklari va magnit oqimlarining namoyon bo‘lishi transformatorning magnit to‘yinishi tufayli hosil bo‘ladigan 3-garmonika toklari va magnit oqimlarining namoyon bo‘lishiga o‘xshasada, ular orasida katta farqlar ham bor, ya’ni:
a) ularning hosil bo‘lish tabiati har xildir. Nol ketma-ketlikli toklari yuklama tokining nosimmetrikligidan hosil bo‘lsa, 3-garmonika toki esa magnitlanish xarakteristikasining egri chiziqli bo‘lganligidandir;
b) nol ketma-ketlikli toklari vaqt o‘tishi bilan tarmoq chastotasiga teng bo‘lgan chastotada o‘zgaradi, 3-garmonika toklari esa unga nisbatan 3 marta katta (f3 = 3f1) chastota bilan o‘zgaradi.
Chulg‘amlari Y/Y0 sxema bo‘yicha ulangan transformator kuchlanishlari uchburchagining «og‘irlik markazi» deb nomlanadigan 0 nuqta Y/Y0 sxemadagi nosimmetrik yuklamada shu markazdan siljiydi. Bu siljishning kattaligi nol ketma-ketlikli toklari faza chulg‘amining to‘la qarshiligi Z(0) da hosil qilgan I(0)Z(0) kuchlanish tushishiga teng (8.3-rasm).I(0) = 0 bo‘lsa diagramma 0 nuqtada bo‘lib, I(0)  0 bo‘lganda esa, bu nuqta birorta 0 nuqtaga siljiydi.





8.3-rasm. CHulg’amlari Y/Y0 sxemaga ulanganda nol ketma-ketlikli toklarning ta’siridan transformatorda fazaviy kuchlanishlar sistemasining buzilishini kursatuvchi vector diagramma



Bunga sabab Y/Y0 sxemaga ulangan transformator ikkilamchi chulg‘amidagi nol ketma-ketlikli toklari birlamchi chulg‘am tomonidan muvozanatlashmay, o‘zakni qo‘shimcha magnitlaydi va ikkala chulg‘amda nol ketma-ketlikli E(0) EYuK larni hosil qiladi. Ular birlamchi chulg‘amdagi to‘g‘ri ketma-ketlikli EYuK lar bilan qo‘shiladi:


EA = EA(1) + E(0); EB = E B(1) + E(0); EC = EC(1) + E(0). (8.3)
Bu holda birlamchi chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari tizimi simmetrik holda qolsa ham birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar fazaviy kuchlanishlarining tengsizligi sezilarli darajada oshadi (8.3-rasm). Bu esa bir fazali energiya iste’molchilari uchun zararlidir. Shu sababli nol simidan o‘tadigan tokning qiymati In  0,25I2N bo‘lishi kerak.
Ikkilamchi chulg‘am liniyaviy kuchlanishlariga nol ketma-ketlikli toklari ta’sir qilmay, ularda simmetriklikning buzilishi faqat teskari ketma-ketlikli toklarning mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi.
2. Birlamchi chulg‘am , ikkilamchi chulg‘am esa Y0 sxemasi bo‘yicha ulanganda birlamchi chulg‘am ichida berk kontur paydo bo‘lib, unda nol ketma-ketlikli toklari uchun o‘tadigan yo‘l mavjud bo‘lganligidan faqat shu konturda aylanadi (8.2,b-rasm), ya’ni liniyaga chiqmaydi. «Uchburchak» sxemasida liniyaviy toklar ikkita qo‘shni fazaviy toklarning ayirmasiga teng bo‘lganligidan nol ketma-ketlikli toklar liniyada paydo bo‘lmaydi. Demak, /Y ulanish sxemasida ikkilamchi chulg‘amdagi tokning uchta tashkil etuvchilari ham birlamchi chulg‘amga transformatsiya bo‘ladi. Nol ketma-ketlikli toklar hosil qilgan natijaviy magnit oqim faqat tarqalgan oqimlardan iborat bo‘ladi. Bunda transformator kuchlanishlari uchburchagi «og‘irlik markazi»ning siljishi uncha sezilarli bo‘lmaydi.
Chulg‘am Y sxemasiga ulanganda liniyaviy kuchlanishi U,  sxemasiga ulanganda esa liniyaviy toki I ikkita faza toklari yoki kuchlanishlari qiymatlarining geometrik ayirmasiga teng bo‘lganligidan hamda bunda nol ketma-ketlikli toklar hamma fazalarda yo‘nalishi bir xil bo‘lgani uchun ular yo‘q bo‘lib ketadilar. Shu sababli birlamchi chulg‘amning liniyaviy tokida va ikkilamchi chulg‘amning liniyaviy kuchlanishida nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilari bo‘lmaydi.
3. Transformatorning nol ketma-ketlikli qarshiliklarini tajriba yo‘li bilan aniqlash. Transformatorning nol ketma-ketlikli qarshiligi Z(0) ni tajribada aniqlashda chulg‘amda Ia= Ib= Ic= I(0) toklarni yaratish zarur bo‘ladi. Buning uchun transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘am fazalari ketma-ket (8.4,a-rasm) yoki parallel (8.4,b-rasm) ulanib bir fazali manbadan o‘zgaruvchan tok beriladi.
Ikkilamchi chulg‘am fazalari ketma-ket ulanganda ulagich «K» qo‘shilgan bo‘lib, parallel ulanganida esa u ochiq bo‘lishi kerak (8.4-rasm). Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida Z(0), r(0) va x(0) qarshiliklar quyidagicha aniqlanadi.
Tajriba 8.4,a-rasmda-gi sxema bo‘yicha o‘tkazilganda:
Z(0) = U/(3I), r(0) = P/(3I2) , x(0) = , (8.4)
8.4,b-rasmdagi sxema bo‘yicha o‘tkazilganda esa:
Z(0) = 3U/I , r(0) = 3P/I2 , x(0) = . (8.5)
I kkilamchi chulg‘amni ketma-ket ulash yo‘li bilan tajriba o‘tkazish nisbatan afzal hisoblanadi, chunki bu holda fazaviy toklarning tengligi barcha sharoitda ta’minlanadi.
4. Transformatorning nol ketma-ketlikli toklari bo‘lmagan nosimmetrik yuklama. Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nol simi chiqarilmagan bo‘lsa nosimmetrik yuklamada ham nol ketma-ketlikli toklar I(0) bo‘lmaydi. Bu natijaga transformatorning chulg‘amlari /Y, Y/, Y/Y, / sxemalariga ulanganda erishiladi. Bu sxemalarda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi fazalarning toki magnit jihatdan o‘zaro muvozanatlashadi va kuchlanishlar uchburchagining «0» nuqtasi bu holda o‘z holatini o‘zgartirmaydi.
Standartga binoan, agar teskari ketma-ketlik tashkil etuvchisi to‘g‘ri ketma-ketlik tashkil etuvchisining 5 foizidan oshmasa, unda uch fazali kuchlanish va toklar tizimi amaliy jihatdan simmetrik hisoblanadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin