U. T. Berdiev


-Bob. Maxsus maqsadli transformator qurilmalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə36/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

9-Bob. Maxsus maqsadli transformator qurilmalari
9.1§. Maxsus maqsadli kuch transformatorlariga oid umumiy ma’lumotlar
Elektrotexnologiya va o‘zgartirgich qurilmalarining ish rejimlari talablaridan kelib chiqqan holda ularni elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlarining konstruksiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shu sababli elektrotexnologiya va quvvatli o‘z­gartirgich qurilmalarida qo‘llaniladigan transformatorlarni bundan keyin maxsus maqsadli kuch transformatorlari deb ataymiz. Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka to‘g‘rilash aso­san statik o‘zgartirgich agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Ularning ham asosiy tarkibiy qismini maxsus maqsadli transforma­torlar tashkil qiladi. Quyidagi sohalardagi elektrotexnologiyalarning to‘g‘rilagich qu­rilmalarida ishlatiladigan maxsus maqsadli kuch transformatorlari­ga:
a ) rangli metallurgiyada elektroliz qurilmalari to‘g‘rilagichlari uchun toki 63 kA va kuchlanishi 850 V bo‘lgan TTsNP–8000020 tipi; b) kimyo sanoatida – toki 50 kA va kuchlanishi 850 V bo‘lgan TTsNP –4000010 tipi; v) qora metallurgiyada – jo‘valash mashinalarining tiristorli elektr yuritmalari uchun quvvati 25003200 kVA bo‘lgan transforma­torlar seriyasi, elektr yoyi vositasida po‘lat eritish pechlari uchun (masalan, Bekobod metallurgiya kombinatida) PBV va RPN qayta ulagich qurilmalari bilan ta’minlangan tiplari ishlatiladi. Quvvati 100 MVA gacha bo‘lgan elektr pechi transformatorlarining ikki­lamchi kuchlanishi 1000 V dan oshmaydi, bundagi ikkilamchi toklar esa 100 kA va undan katta bo‘ladi.

Ko‘mir shaxtalaridagi elektr motorlarini energiya bilan ta’minlash uchun quvvati 160 kVA kuchlanishi 6 kV bo‘lgan TCB–160/6 tipli portlashdan himoyalangan transformator (9.1-rasm) hamda quvvati 250 kV∙A bo‘lgan TCBI –250/6 tipli transformator podstansiyalari qo‘llaniladi.


Neft olishdagi cho‘ktirilgan elektr nasoslari asinxron motorlarini 380 V kuchlanishli elektr energiya bilan ta’minlashda TMPN–160/2,05 tipli transformator qo‘llaniladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin