9.4§. Elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlari uchun kuch transformatorlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti (masalan, elektrovoz) uchun kuch transformatorlari. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yuksak texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va ekologik jihatdan toza bo‘lgan transportdir. Shu tufayli dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlari keng rivojlanmoqda.
9.4-rasm. Elektrlashtirilgan temir yo‘lning 225 elektr ta’minoti tizimi tortish podstansiyasidagi ikkilamchi chulg‘ami bo‘lingan bir fazali maxsus maqsadli kuch transformatori: (1 – bir fazali kuch transformatori; 2 – bir fazali kuch AT; 3 – elektr energiyani ta’minlovchi maxsus liniya; 4 – kontakt tarmog‘i; 5 – rels tarmog‘i)
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida tortish ("asosiy ta’minlovchi") transformatorining asosiy vazifasi elektr tarmog‘i kuchlanishi U ni tortish elektr motori uchun zarur bo‘lgan kuchlanishga qadar kamaytirib berishdan iborat (9.4-rasm).
225 kV tizimli tortish transformator podstansiyalarida bir fazali kuch transformatorlari qo‘llaniladi. Ularning ikkilamchi chulg‘ami har qaysisi 25 kV kuchlanishli ketma-ket ulangan ikkita seksiyadan tashkil topgan (9.5-rasm). Seksiyalar bunday ulanganda kontakt tarmog‘ini 50 kV kuchlanish bilan ta’minlashga imkon beradi. Bu kuchlanish temir yo‘l bo‘ylab maxsus AT punktlarida joylashtirilgan liniya AT lari yordamida rostlab turiladi.
Shahar elektr transporti kuch transformatorlari. Shahar elektr tarmoqlari xususiyatidan kelib chiqqan holda bunday maxsus maqsadli kuch transformatorlarining birlamchi kuchlanishi 6; 6,3; 10 va 10,5 kV bo‘ladi. Tramvay-trolleybuslarni elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2 600 V bo‘lgan TMP-80010; TMP-160010 va TMP-320010 tiplari ishlatiladi.
Ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2 825 V, quvvati 3200 kVA gacha bo‘lgan TMP-160010, TMP-320010 va TSZP tipdagi quruq maxsus maqsadli kuch transformatorlari metropoliten elektr ta’minoti uchun ishlatiladi.