U. T. Berdiev


Tokni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə41/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Tokni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar. Bunday transformatorlar katta qiymatli toklarni oddiy amper­metr bilan o‘lchash uchun hamda vattmetr, energiya hisoblagich (schet­chik) va fazometrlarning tok chulg‘amlarini ulashda ishlatiladi. Shu sababdan ularni "tok transformatorlari" deyiladi. Tok transforma­torining birlamchi chulg‘ami kesim yuzasi katta bo‘lgan o‘tkazgich (sterjen)dan yasalib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi (9.7-rasm). Chulg‘amlardagi o‘ramlar shunday tanlanadiki, bunda birlamchi chulg‘amning toki nominalga teng bo‘lganda, ikkilamchi zanjirdagi tok 5 A bo‘ladigan qilib bajarila­di. Tok transformatorlarining ish rejimi qisqa tutashuv rejimiga yaqin bo‘ladi va ular uchun toklar tenglamasi quyidagicha yoziladi:
I1  – I2  – (w2w1 )I2  I2k . (9.3)
Demak, ikkilamchi tok I2 va transformatsiyalash koeffitsienti k ma’lum bo‘lganda birlamchi tok I1 ni aniqlash mumkin ekan. Tok transformatorlarini 5 ta aniqlik klassiga bo‘ladilar: sta­tsionar (ko‘chmaydigan) turlari – 0,2; 0,5; 1; 3 va 10, laboratoriya tok transformatorlari esa – 0,01; 0,02; 0,05; 0,1 va 0,2. Bu kel­tirilgan raqamlar tokning nominal qiymatidagi tok xatoligidir.
N ominal kuchlanish U  220 kV bo‘lganda tok transformatori kas­kad sxemasi bo‘yicha, ya’ni ikki pog‘onali qilib bajariladi (9.6,d-rasm). Bu rasmda ko‘rsatilgan kaskadli tok transformatorining har bitta pog‘onasini kuchlanishi 250  kV bo‘lgan tok transformatori tashkil etadi. Birinchi pog‘onadagi ikkilamchi chulg‘am ikkinchi pog‘onaning bir­lamchi chulg‘amini tok bilan ta’minlaydi. Yuqori kuchlanishda ikki pog‘onali tok transformatorining bir pog‘onaliga nisbatan tannarxi­ning taxminan 2 marta kamligi uning afzalligi bo‘lsa, kaskad sxemada chulg‘amlar qarshiliklarining oshishi tufayli tok transformatori xatoligining ko‘payishi esa uning kamchiligi hisoblanadi. Tok transformatorini tarmoqqa ulashda uning qoplamasi va 2-chulg‘amining chiqish uchlaridan biri yerga ulanadi.

Tok transformatori normal ishlash jarayonida, uning ikkilamchi chulg‘ami uzib qo‘yilmasligi kerak, aks holda ikkilamchi chulg‘am toki I2 0 bo‘lib, birlamchi chulg‘am toki I1 esa o‘zining ilga­rigi katta qiymatini o‘zgartirmay uning hosil qilgan magnit oqimi ikkilamchi chulg‘amda katta EYuK hosil qiladi. Bu esa magnit isrofla­rining oshib ketishi sababli tok transformatorining me’yoridan ortiq qizib ketishiga olib keladi. Tok transformatorini tarmoqdan uzishda, dastlab uning ikkilam­chi chulg‘ami shunt qilinib, o‘lchash asboblari ajratiladi.


Nazorat savollari
1. Payvandlash trans­formatorining tuzilishi va ishlash prinsipini so‘zlab bering.
2. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti kuch transformatorini so‘zlab bering.
3. Elektr o‘lchash sxemalari uchun transformator­ning ahamiyati nimadan iborat?
4. Avtomatik qurilmalarda qanday maxsus transformatorlar ish­latiladi?
­
* * *


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin