9.2§. Elektr yoyi vositasida payvandlash uchun transformatorlar Elektr yoyi vositasida payvanlash uchun ishlatiladigan maxsus maqsadli transformatorlarni odatda payvandlash transformatorlari deb yuritiladi. Payvandlash transformatorlari kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‘lgan elektr energiyani metalni yoyli payvandlash uchun zarur bo‘lgan salt ishlashdagi kuchlanishi 60 V bo‘lgan elektr energiyaga o‘zgartirib beradi. Reaktor (drossel) – magnit zanjiri havo oralig‘ini o‘zgartirish yo‘li bilan payvandlash tokini rostlashga mo‘ljallangan.
9.2-rasm. STN-500-1 tipli payvandlash transformatorining tuzilishi (a) va ishining prinsipial sxemasi (sxemada reaktor ajratib ko‘rsatilgan) (b): [1, 2 – tegishlicha YuK va PK chulg‘amlar; 3 – magnit o‘tkazgich; 4, 6 – reaktor magnit tizimining qo‘zg‘almas (4) va qo‘zg‘aluvchi (6) qismlari; 5 – reaktor chulg‘ami; 7 – qo‘zg‘aluvchi qismni xarakatga keltirish uchun dastakli yurituvchi vint; 8 – qo‘zg‘aluvchi qismning titrashini kamaytirish uchun prujina; 9 – ikkilamchi chulg‘am va reaktor chulg‘ami qisqichi; 10 – kojux; 11 – g‘ildirak; 12 – payvandlanadigan detal; 13 – elektrod; 14 – tokli simning izolyatsion tutqichi]; payvandlash transformatorining tashqi xarakteristikalari (s): [minimal (1) va maksimal (2) bushliqlar uchun; U2.yoy – elektr yoyining turg‘un yonishi uchun zaruriy kuchlanish]
Metallni payvandlashda STN-500-1 tipli payvandlash transformatori (9.2,b-rasm) amalda ko‘p qo‘llaniladi: U1=380 va 220 V, U2.0 =60 V, payvandlash toki 500 A, bu tok rostlash jarayonida 800 A gacha oshishi mumkin. Chiqishidagi quvvati 15 kW, tarmoqdan oladigan quvvati 33 kVA.
9.3§. To‘g‘rilagich va avtomatika qurilmalari uchun transformatorlar To‘g‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar. To‘g‘rilagich qurilmalari rangli metallurgiyada (masalan, Olmaliq va Navoiy kombinatlari), kimyo sanoatida (Farg‘ona, Chirchiq va Navoiy kombinatlari) texnologik jarayonni, qora metallurgiyada (Bekobod metallurgiya kombinati) esa jo‘valash mashina (stan)lari elektr yuritmalarini o‘zgarmas tok bilan ta’minlashda, elektrotermiyada, elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlarida, katta quvvatli turbo- va gidrogeneratorlar qo‘zg‘atish tizimida va boshqa ayrim sohalarda foydalaniladi.
Katta quvvatli to‘g‘rilagich qurilmalari esa elektr tarmog‘iga maxsus maqsadli kuch transformatorlari orqali ulanadi. O‘zgartirgich agregati maxsus maqsadli kuch transformatorlari ikkilamchi chulg‘am fazalari soniga ko‘ra – bir, uch, olti, 12 va 24 fazali (24 fazalini bitta transformatorda faqat ko‘prik sxemasida hosil qilish mumkin) turlarga bo‘linadi.
To‘g‘rilagich sxemalarida ishlatiladigan transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amiga tokni faqat bir yo‘nalishda o‘tkazadigan ventillar ulanadi. Bunday transformatorning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning turli fazalariga ulangan ventillar navbatma-navbat ishlaganligi tufayli, ayrim fazalarida yuklama qiymatining bir xil bo‘lmasligidir. Bunday transformator chulg‘amlaridan nosinusoidal toklar o‘tadi. Tokning yuqori garmonikalari quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi: 1) ikkilamchi chulg‘amning ayrim fazalariga ulangan ventillar tokni o‘zidan davrning faqat bir qismidagina o‘tkazishi; 2) to‘g‘rilagichning o‘zgarmas tok tomoniga induktivligi katta bo‘lgan tekislovchi drossel ulanganligi tufayli transformator chulg‘amlaridagi tokning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli to‘g‘ri burchakka yaqin bo‘lishi.
O‘zgartirgich qurilmalari maxsus maqsadli kuch transformatorlarda, umumiy holda, I1 va I2 toklarning ta’sir etuvchi qiymatlari yuqori garmonikalar ta’sirida har xil bo‘lishi natijasida S1N va S2N hisoblash quvvatlar har xil bo‘ladi. Shuning uchun ventilli to‘g‘rilagich transformatorining "tipaviy quvvati" tushunchasi kiritiladi (tipaviy quvvat – o‘zgartirgich qurilmasi transformatorining tipiga oid bo‘lgan quvvat).
O‘zgartirgich qurilmalarining maxsus maqsadli kuch transformatorlarining tipaviy quvvati to‘g‘rilash sxemasidan bog‘liq holda (masalan, 6 fazali to‘g‘rilash sxemasida) (9.3-rasm) quyidagicha aniqlanadi:
Stip 0,5 (S1N S2N) 1,26 PdN , (9.1)
bunda S1N 3I1NU1f.N 1,045PdN, S2N 6I2NE2f.N1,48PdN, [PdN UdNIdN – to‘g‘rilagichning o‘zgarmas tok tomonidagi (chiqishidagi) quvvati].
I1N va I2N – tegishlicha tarmoq va ventil chulg‘amlarining toklari; U1N va E2f.N – tarmoq va ventil chulg‘amlarining tegishlicha fazaviy kuchlanishi va EYuK.
Tipaviy quvvat koeffitsienti – Ktip Stip/PdN.
To‘g‘rilagich qurilmasi uchun transformator tanlashda bu koeffitsient ma’lum bo‘lishi lozim.Yuklama nominal bo‘lganda transformatorning tipaviy quvvati Stip, uning chiqish quvvati PdN dan katta (Stip> PdN) bo‘ladi. Maxsus maqsadli kuch transformatorining quvvatiga va qo‘llanish sohasiga bog‘liq holda uning to‘g‘rilangan kuchlanishi 6 V dan bir necha ming voltgacha, to‘g‘rilangan tok esa 2A dan 200 kA gacha bo‘lishi mumkin.
O‘zgartirgich qurilmalari uch fazali transformator- larining tarmoq chulg‘amlarini "yulduz"ga, ayrim hollarda esa "uchburchak"ka ulanadi; ventil chulg‘amlari "yulduz", "qo‘sh yulduz" (to‘g‘ri va teskari), "uchburchak-yulduz", "zigzag" sxemalarga ulanadi. Šo‘sh yulduzning neytrallari tenglashtiruvchi reaktor orqali ulanadi. Bunda tarmoq chulg‘ami uch fazali tarmoqqa ulanganda ventil chulg‘ami tomonida to‘g‘rilagichning ulanish sxemasiga bog‘liq holda uch, olti (9.3-rasm) yoki 12 fazali to‘g‘rilashga imkon tug‘iladi.
To‘g‘rilashning olti fazali sxemalari asosan quvvati 2504000 kW bo‘lgan o‘zgartirgich agregatlarida, undan katta quvvatlilarida esa 12 fazali sxemalar ishlatiladi.