10.3§. O‘zgaruvchan tok mashinalari chulg‘amlaridagi elektr yurituvchi kuchlar Sinxron va asinxron mashinalarda aylanma magnit maydon hosil qilish usullari har xil bo‘lsa ham (masalan, sinxron generatorda rotor bilan birga aylanadigan qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok berib aylanma magnit maydon hosil qilinsa, uch fazali asinxron motorda esa bunday maydon stator chulg‘amidan uch fazali tok o‘tganda hosil bo‘ladi), stator chulg‘amida elektromagnit induksiya qonuniga asosan aylanma magnit maydon tufayli EYuK larning hosil bo‘lish jarayoni bir xil kechadi.
Sinxron generatorlarning stator chulg‘ami o‘tkazgichlariga (o‘ramlariga ham) nisbatan har xil qutbiylikdagi (ishoradagi) qutblar navbatma-navbat o‘tishi tufayli hosil bo‘ladigan EYuK o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadi, ya’ni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydon bir marta aylanganida o‘tkazgichdagi EYuK ning davri «p» ga, «n» ta aylanganida esa «pn» ga teng bo‘ladi; demak, uning chastotasi: f1= pn/60. Mashina havo oralig‘ining «x» nuqtasidagi o‘tkazgich EYuK ning oniy qiymatini aniqlash formulasi umumiy hol uchun quyidagicha yoziladi:
eotk.x = Bx lv . (10.7)
Bundan, rotorning burchak tezligi v ni o‘zgarmas qilinganda va stator chulg‘ami o‘tkazgichining aktiv (magnit maydon ta’siridagi) uzunligi l = const bo‘lganligi tufayli, EYuK magnit maydonga mutanosib ravishda o‘zgarib, uning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli mashina havo oralig‘idagi magnit induksiya B ning qo‘sh qutb bo‘linmasi (2)dagi taqsimlanishini takrorlaydi. Umumiy holda induksiyaning taqsimlanish shakli nosinusoidal xarakterda bo‘ladi. Induksiyaning egri chizig‘i abstsissalar o‘qiga va qutblar o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lganligi tufayli, bu egri chiziqni Fure qatoriga yoyganda, unda faqat toq garmonikalar bo‘ladi (10.12-rasm). Ularni fazoviy garmonikalar deyiladi, chunki bu garmonikalar induksiyasining taqsimlanishi fazoviy koordinatalarga bog‘liq bo‘lib, vaqtga esa bog‘liq emas. Bu garmonikalarga oid qutblar sonining oshishi va mos ravishda qutblar bo‘linmasining kamayishi ularning tartibiga bog‘liq bo‘ladi; bu esa ularning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
M 10.12-rasm. Ayon qutbli sinxron generatorda qo’zg’atish chulg’ami hosil qilgan magnit maydon induksiyasi garmonikalarining mashina havo oralig’idagi stator yuzasi buylab taqsimlanishi; bq– qutb uchligi kengligi
agnit maydon 1-garmonikasining o‘tkazgichda hosil qilgan EYuK ning 1-garmonikasi (eotk1), uning amplitudasi (Eotk.max1) va ta’sir etuvchi (Eotk1) qiymatlari quyidagilarga teng bo‘ladi:
eotk.1 = Eotk.max1sint; (10.8)
Eotk.max1= Bmax1lv ; (10.9)
Eotk.1= Eotk.max1 / = (Bmax1/ ) lv, (10.10)
bu yerda: Bmax1– mashina havo oralig‘idagi magnit maydon induksiyasining 1-garmonikasi, T; l – o‘tkazgichning aktiv magnit maydon ta’siridagi uzunligi, m; v – aylanma magnit maydonning burchak tezligi, m/s.
EYuK ni hisoblashda qutb bo‘linmasidagi magnit oqim Ф dan foydalanish ma’qul hisoblanadi. Uning 1-garmonikasi quyidagiga teng:
Ф1 = B (ort).1 l , (10.11)
bu yerda: B (ort).1– magnit induksiyaning o‘rtacha qiymati; = D1/(2p) – qutb bo‘linmasi; D1 – statorning ichki diametri.
Sinusoida uchun B(ort).1= (2/)Bmax1 bo‘lganligi tufayli (10.11) formuladan quyidagiga ega bo‘lamiz:
Vmax1= F1 / (2 l). (10.12)
Vmax1 ning bu qiymatini (10.10) ga qo‘yib va
v = D1 n1/ 60 = 2pn1/ 60 = 2f
tenglikni hisobga olgan holda quyidagiga ega bo‘lamiz:
Eotk.1= 2 [/ (2 )]f Ф1 = 2,22 f Ф1. (10.13)
Magnit maydon shakli nosinusoidal bo‘lganda o‘tkazgichdagi EYuK quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Eotk = 2 kV f Ф; (10.14)
bu yerda: kB = Вmax1/ Вort – magnit maydon shaklining koeffitsienti. Magnit maydon sinusoidal shaklga ega bo‘lganda kB= / (2 ) = 1,11 ga teng.
Taqsimlangan chulg‘amda qo‘shni pazlarda joylashgan o‘tkazgichlar o‘zaro fazoviy (geometrik) burchak ( =360/Z) ga siljiganligidan, ularning EYuK lari faza jihatdan mos tushmaydi. Qo‘shni pazlardagi o‘tkazgichlar EYuK larining vektorlari bir-biridan o‘zaro elektr burchakka siljigan bo‘ladi.
e = 360 p /Z = p