Yig‘ilgan chulg‘amning MYuK. MYuK ning taqsimlanishini yig‘ilgan chulg‘amli (10.15-rasm) ikki qutbli mashina misolida ko‘rib chiqamiz. Bunda AX faza chulg‘amining hamma o‘ramlari diametral yuzada joylashgan ikkita pazda joylashgan. Agar tok faza chulg‘amining boshi A dan oxiri X ga yo‘nalgan bo‘lsa, kuch chiziqlari 10.15-rasmda ko‘rsatilgandek yo‘nalgan ikki qutbli magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu oqimning har bitta kuch chizig‘i faza g‘altagining hamma o‘ramlari (w= wg) bilan qurshaladi, shu sababli g‘altak hosil qilgan MYuK Fg Iw ga teng bo‘ladi. Tok maksimal qiymatga ega bo‘lganda MYuK ham maksimal qiymatga erishadi.
Fg.max = Imax w = I w, (10.25)
bunda Imax , I – tokning maksimal va effektiv qiymatlari.
Agar magnit zanjiri ferromagnit qismlarining magnit qarshiligini nolga teng deb qabul qilinsa, u holda MYuK ning taqsimlanishi stator aylanasi bo‘ylab to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklida bo‘ladi (10.15,b-rasm).
Statorning yig‘ilgan chulg‘ami ikkita pazda joylashganligi tufayli, uning MYuK ikkita (musbat va manfiy) to‘g‘riburchak ko‘rinishida bo‘ladi. Ulardan har birining qiymati magnit zanjirining bitta havo oralig‘idan magnit oqimini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan MYuK ga mos keladi, ya’ni:
F = Fg‘.max/ 2 = ( Iw) / 2 = ( / 2)Iw, (10.26)
To‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shakldagi MYuK ni Fure qatoriga yoyib sinusoidalar yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin:
Fx = ( / 2)Iw (4/ ) [cos(x/) + (1/ 3) cos(3x/) +
+ (1/ 5) cos(5x/) + ... + (1/ n) cos(nx/)], (10.27)
bu yerda: «x» – chulg‘am simmetriya o‘qi (faza o‘qi)dan tekshirilayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa; ( /2)Iw = F – mashina magnit zanjirida bitta havo oralig‘idan magnit oqimini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan MYuK. Tok maksimal qiymatga ega bo‘lganda, yig‘ilgan chulg‘am MYuK ning birinchi garmonikasi quyidagiga teng bo‘ladi:
F1 = (2 /)Iw = 0,9Iw. (10.28)
Demak, yig‘ilgan chulg‘amning MYuK sinusoida shakldan ancha farq qilar ekan, shu sababli bunday chulg‘amlar amalda kam ishlatiladi.