U. T. Berdiev


Uchinchi bo‘lim. ASINXRON MASHINALAR



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə50/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Uchinchi bo‘lim. ASINXRON MASHINALAR
Kollektorsiz asinxron motorlar zamonaviy elektr yuritmaning asosini tashkil etib, sanoat turlarining barcha sohalaridagi avtomatik boshqarish jarayonlarida, qishloq xo‘jaligida, kon ishlaridagi yirik elektr jihozlari yuritmalarida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
11-Bob. Asinxron mashinalarda fizik jarayonlar
11.1§. Asinxron mashinaning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlari
A sinxron motorning rotori stator ichiga o‘rnatiladi. Rotor – val, po‘lat o‘zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan chulg‘am yoki uchta fazaviy chulg‘amdan iborat. Stator – tana, po‘lat o‘zak va uning pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stator va rotorlarning po‘lat o‘zaklari maxsus elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa tunukalardan yig‘iladi. Asinxron motorlar rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi: 1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor (rotor chulg‘ami qisqa tutashgan); 2) faza rotorli asinxron motor (rotor chulg‘ami uch fazali) (11.1-rasm).
11.1-rasm. Faza rotorli asinxron motorning qismlarga ajralgan holda ko‘rinishi: 1 – kontakt halqalari va cho‘tkalar joylashgan tomondagi qopqoq; 2 – cho‘tka tutqich va cho‘tkalar; 3 – kontakt halqalar; 4 – podshipnik; 5 – rotorning po‘lat o‘zagi (uning pazlarida uch fazali chulg‘am); 6 – stator chulg‘ami; 7 – korpus; 8 – podshipnik qalqoni; 9 – valning mexanizmga ulanadigan tomonidagi podshipnik qalqoni qopqog‘i; 10 – stator chulg‘ami chiqish uchlari jamlangan quticha
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining po‘lat o‘zagi pazlariga eritilgan alyuminiy quyilib chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyu-miniy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit "olmaxon katagi" ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi (11.2,a-rasm).
Faza rotorli asinxron motori ham val, valga o‘rnatilgan po‘lat o‘zak, uning pazlariga bir-biriga nisbatan 1200 ga siljigan uch fazali chulg‘am joylashtiriladi (11.1-rasm). Rotorning fazaviy chulg‘amlari yulduz usulida ulangan bo‘ladi va ularning uchlari esa valning bir tomonida o‘rnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga ulanadi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin