U. T. Berdiev


§. Rotori tormozlangan asinxron mashinada elektromagnit jarayon va rotor chulg‘ami parametrlarini stator chulg‘amiga keltirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə52/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

11.2§. Rotori tormozlangan asinxron mashinada elektromagnit jarayon va rotor chulg‘ami parametrlarini stator chulg‘amiga keltirish
Rotori tormozlangan faza rotorli asinxron mashinada elektromagnit jarayon. Rotori qo‘zg‘almas bo‘lgan asinxron mashina xuddi transformator kabi ishlaydi. Rotori qo‘zg‘almas bo‘lganda (bunda, s = 1) mashinaning stator va rotor chulg‘amlarida bir xil (f2  f1) chastotali EYuK lar hosil bo‘ladi va ular quyidagicha aniqlanadi:
E1  4,44 f1 w1kch.1 Фmax ; (11.2)
E2  4,44 f1 w2kch.2 Фmax , (11.3)
bu yerda: kch.1, kch.2 – stator va rotorning chulg‘am koeffitsientlari; w1, w2 – stator va rotor chulg‘ami bitta fazasining o‘ramlar soni; Фmax – magnit oqimning maksimal qiymati.
(11.2) ning (11.3) ga nisbati:
E1/ E2 = w1kch.1/ (w2kch.2) = kE (11.4)
kE – rotori qo‘zg‘almas asinxron mashinada kuchlanishni transformatsiyalash koeffitsienti deyiladi.
Agar faza rotorli asinxron mashinaning rotor chulg‘ami ochiq bo‘lsa undan tok o‘tmaydi va bu holatni salt ishlash rejimi deyiladi. Bunday rejim statorda bo‘ladigan elektromagnit jarayonga ta’sir qilmaydi. Salt ishlayotgan asinxron mashina statorining fazaviy chulg‘amlari uchun EYuK lar muvozanat tenglamasi transformatordagi kabi quyidagicha yoziladi:
U1 + E1 + E1 = I0 r1 , (11.5)
bu yerda: E1 4,44 f1w1 kch.1 Ф1 (11.6)
– tarqoq magnit oqimi Ф1 stator chulg‘amida hosil qilgan tarqoq EYuK; I0r1 – stator chulg‘ami aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi.
(11.5) formula asosida va salt ishlashda stator chulg‘amidagi tok I0 = I0.r+ I0.a ekanligini hisobga olgan holda, asinxron mashinaning vektor diagrammasini qurish mumkin. Bu diagramma salt ishlayotgan transformator diagrammasidan (3.2,b-rasm) vektorlar uchun tanlangan masshtab bilan farq qiladi, xolos. Bunga sabab, asinxron mashinada havo oralig‘i mavjudligidan salt ishlash toki I0 transformatornikidan miqdor jihatdan taxminan 1012 marta katta, ya’ni umumiy maqsadli asinxron motorlarda nominal toki IN ning 2040% ni tashkil qiladi.
Asinxron mashinalarda salt ishlash toki I0 ning katta bo‘lishi ulardagi eng asosiy kamchilik bo‘lib, u stator chulg‘amidagi elektr isrofni oshiradi va mashinaning quvvat koeffitsienti cos ni kamaytiradi. Salt ishlash toki I0 ni kamaytirish uchun asinxron mashinalardagi havo oralig‘i zavod tomonidan iloji boricha (konstruktiv va texnologik nuqtai nazardan) kichik qilib tayyorlanadi. Masalan, quvvati 5 kVt gacha bo‘lgan asinxron motorlarda stator va rotor orasidagi havo oralig‘i 0,10,3 mm ni tashkil qiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin