U. T. Berdiev


Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə60/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari. Motor ishining turg‘unligi deb validagi mexanik yukning qisqa muddat ichida keskin oshishi va stator chulg‘amiga berilayotgan tarmoq kuchlanishi qiymatining kamayishida barqaror aylanish chastotasini tiklay olish qobiliyatiga aytiladi.
Mexanikadan ma’lumki, motor rotoriga qo‘yilgan momentlarning muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
M = Mst – Jd / dt, (12.18)
bu yerda: M – motorning elektromagnit momenti; Mst=M0+M2 – valdagi teskari ta’sir etuvchi statik moment; Jd/ dt – aylanuvchi massalar inersiyasi J va rotorning tezlanishi d/dt larga bog‘liq bo‘lgan dinamik moment.
M = Mst bo‘lganda rotor tezlanishi 0 ga teng:
d/dt = (M – Mst)/ J = 0, (12.19)
y a’ni rotor barqaror chastotada aylanadi. Agar M > Mst bo‘lsa, rotorning aylanish chastotasi tezlashadi, M < Mst bo‘lganda esa – sekinlashadi. Turg‘unlik asinxron motor ishlayotgan konkret shartlarga bog‘liq bo‘ladi, xususan, motorning va u yuritayotgan ishlab chiqarish mexanizmlari mexanik xarakteristikalarining o‘zgarish shakliga bog‘liq bo‘ladi. Aylanish chastotaning oshishi bilan yuk momenti Mst kamayadigan (12.4,b-rasmda, 2 mexanik xarakteristika) ishlab chiqarish mexanizmini yuritayotgan asinxron motorning ishini ko‘rib chiqamiz. Bu holda M = Mst sharti A va B nuqtalarda aylanish chastotalari mos ravishda nA va nB bo‘lganda bajariladi.

Ammo B nuqtada motor turg‘un ishlay olmaydi, chunki yuk momenti Mst ozgina o‘zgarganda aylanish chastotasi barqaror qiymatidan og‘ishi natijasida bu farqni oshiradigan ortiqcha sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi moment  (M – Mst) vujudga keladi. Masalan, tasodifan statik moment Mst oshganda motor rotorining aylanish chastotasi n kamayadi. Mashina 1 mexanik xarakteristika (Mmax– n0 qismi)ning «B» nuqtasida ishlaganida elektromagnit moment M ning kamayishiga, demak, M – Mst ayirmaning oshishiga olib keladi va, natijada rotorning sekinlashishi uning to‘la to‘xtagunicha davom qiladi. Agar statik moment Mst tasodifan kamaysa, rotorning aylanishi tezlashadi va elektromagnit moment yana oshadi. Bu jarayon mexanik xarakteristikasi (1)ning «A» nuqtasida M=Mst muvozanat hosil bo‘lguna qadar shunday davom qiladi. Bu nuqtada rejim turg‘un bo‘ladi, chunki bu holda tasodifan Mst oshsa va rotorning aylanish chastotasi n kamaysa motorning elektromagnit momenti M oshib, yuk momenti Mst ning yangi qiymatiga teng bo‘lganda yana barqaror ishlaydi, lekin bunda aylanish chastota bir oz kam bo‘ladi. Shunday qilib, asinxron motor mexanik xarakteristikaning C – Mmax qismida ishlaganida ichki o‘z-o‘zini rostlash xossasiga ega bo‘lib, uning aylantiruvchi momenti M=Mst qonuni bo‘yicha avtomatik rostlanadi (bunday rostlash statik rostlash tizimga xos).


Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari quyidagilardan iborat: 1. Agar rotorning aylanish chastotasi n ning oshishida statik moment Mst, momentning aylantiruvchi momenti M ga nisbatan sekin kamaysa, motorning ishi turg‘un bo‘ladi. Bu shart quyidagi tengsizlik ko‘rinishida ifodalanadi:
dM/dn < dMst/dn . (12.20)
Bu shart Mst = f (n) xarakteristikasi kamayuvchi bo‘lgan barcha mexanizmlar uchun bajariladi, demak, sirpanish 0 < s < skr oraliqda o‘zgarganda asinxron motor turg‘un ishlaydi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, rotor chulg‘amidagi isroflar sirpanishga mutanosib bo‘ladi, shu tufayli asinxron motorning iqtisod nuqtai nazaridan normal ishi sirpanishning kam qiymatlarida bo‘lishligidir.
2. Amaliy jihatdan (12.20) shart zaruriy hisoblanib, lekin yetarli emas. Asinxron motorni ekspluatatsiya qilish jarayonida qisqa muddatli yuk momentining o‘zgarishi faqat kichik bo‘lmasdan, uning ish rejimida keskin o‘zgaradigan katta qiymatli yuk momenti ham sodir bo‘lib turadi. Bunday holda motorning sirpanishi skr dan kam bo‘lib, lekin unga yaqin sirpanishda ishlayotganda tasodifan katta yuk qo‘yilsa, unda Mst > Mem bo‘lib uning to‘xtashiga olib keladi. Shuning uchun asinxron motorning maksimal momentini ayrim hollarda barbod qiluvchi (to‘ntaruvchi) moment deyiladi.
Katta ortiqcha yuklanishlarda motor ishining turg‘unligini nominal momentni MN < Mmax qilib tanlash bilan ta’minlanadi. Maksimal momentning karraligi yoki o‘ta yuklanish bilan ishlash qobiliyati kM = Mmax/ MN standart tomonidan belgilanadi. Umumiy maqsadli asinxron motorlar uchun
kM = 1,72,5 oraliqda bo‘ladi.
3. Asinxron motorlarning turg‘un ishlashini ta’minlash uchun elektr ta’minotining sifati katta ahamiyatga egadir. Asinxron motorning aylantiruvchi mmenti unga berilayotgan kuchlanishning kvadratiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, hatto kuchlanishning ozgina kamayishi ham maksimal momentga ta’sir qiladi, kuchlanish nisbatan ko‘proq kamayganda (masalan, U1 = 0,7UN bo‘lganda) esa motorning nominal yuk bilan ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi, chunki bu holda aylantiruvchi moment M  = 0,49, ya’ni elektromagnit moment taxminan 2 marta kamayadi va motor nominal yukda ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin