U. T. Berdiev



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə59/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Ishga tushirish momenti. Asinxron motorning stator chulg‘amini elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish paytdagi momenti Mi.t ni aniqlash uchun (12.8,a) formulaga sirpanish s = 1 qo‘yiladi, natijada quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:
Mi.t = (p m1 ) / [ (r1+s1 )2 + (x1+s1 )2] . (12.13)
Bundagi o‘rta qavs ichidagi qarshiliklar r2qt+x2qt= z2qt ekanligini hisobga olib ishga tushirish momentining kuyidagi ifodasini olamiz:
Mi.t = (p m1 ) / (2f1z2qt) = pm1/ (2f1)   , (12.14)
bunda Ii.t – sirpanish s =1 bo‘lgandagi ishga tushirish toki.
(12.14) dan ko‘rinishicha, motorning ishga tushirish momenti asosan ishga tushirish tokining kvadrati ga mutanosib bo‘lar ekan. Undan tashqari zarurat tug‘ilganda qisqa tutashgan rotorlida «olmaxon katagi» tipidagi chulg‘amni qarshiligi oshirilishi mumkin bo‘lgan maxsus konstruksiyada ishlab chiqarish, faza rotorlida esa rotor chulg‘amiga qo‘shimcha aktiv qarshilik ulash yo‘li bilan ishga tushirish momentini oshirish mumkin ekan. Standartning talabi bo‘yicha asinxron motor nominal yukda ishga tushishi uchun quyidagi shart bajarilishi, ya’ni ishga tushirish momentining karraligi ki.t = Mi.t/ Mmax 1 bo‘lishi kerak. Mexanik xarakteristikani katalog qiymatlari yordamida qurish. (12.7) va (11.28) formulalarga asosan asinxron motorning elektromagnit momenti quyidagiga teng:
(12.15)
Motor validagi mexanik yukning o‘zgarishi bilan magnit oqim o‘zgarmaydi, shu sababli E2  const deb hisoblash mumkin. (12.8) formuladan topilgan momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olgandan keyin, uni 0 ga tengab (dMds 0), kritik sirpanish skr ni topish mumkin, ya’ni skr r2 x2. U holda maksimal moment quyidagiga teng bo‘ladi:
. (12.16)
(12.15) ni (12.16) ga bo‘lib ixchamlashtirishdan keyin nisbiy birliklarda hisoblashga qulay bo‘lgan quyidagi soddalashgan formulaga ega bo‘lamiz:
M/Mmax  2 / (skr /s + s /skr). (12.17)
Bu formulani Kloss formulasi deyiladi va u ba’zan amaliyotda taxminiy hisoblar uchun qo‘llaniladi.
(12.17) formula bo‘yicha hisoblashda aniqlik past bo‘ladi, chunki stator chulg‘amidagi kuchlanish pasayishini hisobga olmaydi. Ammo asinxron motor-ning bitta rejimini tekshirishda, ya’ni sirpanishning kichik qiymatlarida (s  0 dan skr gacha) magnit oqim juda kam o‘zgaradi va bu formula amaliyotda dastlabki tahlil uchun tezkor natijani beradi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin