11.4§. Uch fazali asinxron motorning energetik diagrammasi Asinxron mashina motor rejimida ishlayotganda (11.5-rasm) u tarmoqdan elektr energiyani oladi va uni mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu jarayonda motorda energiya isroflari bo‘ladi. Asinxron motor tarmoqdan
(11.30)
aktiv quvvatni oladi. Bu quvvatning bir qismi stator chulg‘amidagi elektr isroflari ni va stator po‘lat o‘zagidagi magnit isroflari ni qoplashga sarf bo‘ladi:
. (11.31)
Aylanma magnit maydon vositasida rotorga elektromagnit quvvat Pem uzatiladi:
. (11.32)
Elektromagnit quvvatning bir qismi rotor zanjiridagi elektr isrofi (Pe2)ni qoplash uchun sarflanadi:
. (11.33)
Elektromagnit quvvat Pem ning qolgan qismi esa to‘la mexanik quvvat ga aylanadi:
. (11.34)
Motor ishlaganda podshipniklarning ishqalanishi va aylanuvchi qismlarining havoda ishqalanishi oqibatida ham quvvat isrofi bo‘ladi. Bundan tashqari tarqoq magnit oqimlari, stator va rotor po‘lat o‘zagi tishlarida hamda yaxlit po‘lat qismlarida magnit maydonning o‘zgarib turishi natijasida ham qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘ladi. Asinxron motorning to‘la mexanik quvvati P2 mexanik isrof va qo‘shimcha isroflarni ayirib, motor orqali ishchi mexanizmga uzatilayotgan foydali quvvat P2 aniqlanadi.
P2 = Pmex – ( + ) . (11.35)
1. Asinxron motorning ishlash prinsipini so‘zlab bering. 2. Asinxron mashinaning qanday ish rejimlarini bilasiz? 4. Asinxron motorning T va G-simon almashtirish sxemalarini tahlil qiling.
* * *
12-Bob. Asinxron mashinalarning elektromagnit momenti va mexanik xarakteristikalari 12.1§. Asinxron mashinaning elektromagnit momenti Elektromagnit momentni ikki xil yo‘l bilan, ya’ni: a) elektromagnit kuchlar va b) elektromagnit quvvat orqali aniqlash mumkin.