U. T. Berdiev


Rotor chulg‘ami parametrlarini stator chulg‘amiga keltirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə53/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Rotor chulg‘ami parametrlarini stator chulg‘amiga keltirish. Asinxron mashinalarda rotor va stator chulg‘amlar o‘ramlari soni har xil bo‘lganligi tufayli ulardagi elektromagnit jarayonni o‘rganishda qiyinchilik tug‘iladi. Buni bartaraf etish maqsadida hisobiy usuldan foydalaniladi, ya’ni rotor chulg‘amining o‘ramlar soni stator chulg‘ami o‘ramlar soniga keltiriladi. Bu holda asinxron mashinaning tarmoqdan olayotgan aktiv va reaktiv quvvatlari, FIK va cos o‘zgarmay qolishi kerak. Stator va rotor chulg‘amlarining tegishlicha F1 va F2 MYuK lari to‘lqinlarining aylanish chastotalari o‘zaro teng bo‘lgandagina asinxron mashina ishlay oladi. Demak, stator va rotor bir xil juft qutblari soni (р1 = р2 = р)ga ega bo‘lishi kerak. Bu shart bajarilganda rotor MYuK to‘lqini stator MYuK to‘lqiniga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib o‘zaro ta’sirlashadilar. Natijada asinxron motorda statordan rotorga elektromagnit quvvat uzatiladi. Asinxron motorning ishlash jarayonida stator va rotor chulg‘amlaridagi toklar mashinada tegishlicha F1 va F2 MYuK larni hosil qiladi. Bu MYuK larning birgalikda ta’sir etishidan statorga nisbatan sinxron chastota n1 bilan aylanadigan umumiy magnit oqim vujudga keladi. Uning qiymati quyidagiga teng:
(11.7)
bunda Rm – motor magnit zanjirining oqim Ф ga ko‘rsatadigan magnit qarshiligi; F0 – miqdor jihatdan salt ishlashdagi stator chulg‘ami MYuK ga teng bo‘lgan motorning natijaviy MYuK:
F0 = 0,45 m1 I0 w1 kch.1/ p; (11.8)
I0 – stator chulg‘amida saltgi ishlash toki, A.
Valiga yuklama ulangan ish rejimida motorning bitta qutbiga to‘g‘ri keladigan stator va rotor chulg‘amlarining MYuK lari quyidagilarga teng bo‘ladi:
F1 = 0,45 m1 I1 w1 kch.1/ p; (11.9)
F2 = 0,45 m2 I2 w2 kch.2/ p; (11.10)
bunda: m2 – rotor chulg‘amida fazalar soni; kch.2– rotor chulg‘amining chulg‘am koeffitsienti; p – mashina juft qutblari soni; w2 – rotor chulg‘ami o‘ramlari soni.
Motor valiga qo‘yilgan yuk o‘zgarganda stator va rotor chulg‘amlaridagi I1 va I2 toklar o‘zgaradi, bu esa shu chulg‘amlardagi MYuK lar (F1, F2)ning tegishlicha o‘zgarishiga olib keladi. Lekin bunda asosiy magnit oqim F o‘zgarmay qoladi, chunki stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish U1 = const va stator chulg‘amining EYuK E1 bilan deyarli to‘la muvozanatlashadi:
U1  (– E1). (11.11)
EYuK E1 asosiy magnit oqim F ga mutanosib bo‘lganligidan mazkur oqim, valdagi yukning o‘zgarishidan qat’iy nazar deyarli o‘zgarmay (F  const) qoladi. Shu sababli F1 va F2 larning o‘zgarishiga qaramasdan, natijaviy MYuK o‘zgarmay qoladi, ya’ni = = const bo‘ladi.
Keltirilgan chulg‘am va haqiqiy chulg‘am o‘ramlar sonida mashinaning magnit oqimi Фmax o‘zgarmay qolishi kerak, ya’ni:
Фmax  E2 /(4,44w2 kch.2 f1) = (4,44w1 kch.1 f1) = const, (11.12)
bunda rotor tormozlangan holatda (s =1) uning chulg‘amidagi EYuK chastotasi f2 = f1 bo‘lushligi hisobga olingan. (11.12) shartdan rotor chulg‘amining keltirilgan EYuK E quyidagiga teng bo‘ladi:
, (11.13)
bu yerda: kE = (w1 kch.1) / (w2 kch.2) (11.14)
– rotori tormozlangan asinxron mashina EYuK lari va kuchlanishlari uchun keltirish koeffitsienti.
Transformatordagi singari keltirilgan va haqiqiy chulg‘am MYuK larining o‘zgarmay qolishi [(m1w1kch.1) I2 = (m2w2kch.2)I2 ] shartidan rotor chulg‘amining keltirilgan toki I2 ni aniqlaymiz:
I2 = [(m2w2 kch.2)/(m1w1 kch.1)]I2 = I2 / kI = I1, (11.15)
bu yerda kI = (m1w1 kch.1) / (m2w2 kch.2) = (m1/m2) kE (11.16)
– rotori tormozlangan asinxron mashina toklari uchun keltirish koeffitsienti.
Shunga e’tibor berish kerakki, asinxron mashinada kI  kE , chunki umumiy holda stator chulg‘ami fazalari soni m1 bilan rotor chulg‘ami fazalari soni m2 bir xil emas (faqat m1= m2 bo‘lgan faza rotorli asinxron motorlarda bu koeffitsientlar bir-biriga teng bo‘ladi).
Rotor chulg‘ami zanjiridagi quvvat isroflarining o‘zgarmay qolishi [(m2I22 r2) = m1( )2 r2 r2] shartidan keltirilgan aktiv qarshilik r2 ni hisoblashda (11.15) dan I2 ning qiymatini qo‘yib topamiz, ya’ni:
r2 = (m2/m1) (I2/ I2)2 r2 = kE kIr2 = kzr2. (11.17)
Rotorning haqiqiy va keltirilgan chulg‘amlaridagi nisbiy induktiv kuchlanish pasayishlarining tengligi (ya’ni reaktiv quvvatning o‘zgarmay qolishi) [I2x2/E2= x2 /E2] shartidan rotor chulg‘amining keltirilgan induktiv qarshiligi x2 ni aniqlaymiz:
x2 = (E2/ E2)(I2 / I2) x2 = kE kI x2 = kzx2. (11.18)
(11.17) va (11.18) formulalardagi kEkI = kz – rotor chulg‘ami qarshiliklarini keltirish koeffitsienti deyiladi.
«Olmaxon katagi» tipidagi qisqa tutashgan chulg‘am uchun kE, kI va kz koeffitsientlarni aniqlashda w2 = 0,5; m2 = Z2 va kch.2 =1 deb qabul qilinadi. Unda kE = 2w1kch.1; kI = 2 m1w1kch.1/ Z2 ; kz = 4 m1(w1 kch.1)2 / Z2. Bunda Z2 – rotor chulg‘ami sterjenlari soni (har bitta pazda bittadan sterjen), demak, rotor chulg‘amida bir-biridan  = 2 / Z2 burchakka siljigan m2 = Z2 ta «fazalari» bo‘lib, juft qutblar soni p2 esa hamma vaqt aylanma magnit maydon juft qutblari soni p1 ga teng (p2 = p1) bo‘ladi.
Chulg‘am parametrlari stator chulg‘amiga keltirilgan rotor qo‘zg‘almas bo‘lganda asinxron mashinaning EYuK lari hamda toklari muvozanat tenglamalari transformatornikiga o‘xshagan holda quyidagicha yoziladi:

Shunday qilib, rotori qo‘zg‘almas bo‘lgan asinxron mashinalarning nazariyasi transformatorlarniki kabi bo‘lar ekan. Rotori qo‘zg‘almas bo‘lgan asinxron mashinalar asosan induksion regulyator va fazoregulyator sifatida ishlatiladi.





Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin