9.5§. Elektr o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar Bunday transformatorlar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida elektr o‘lchash asboblari (voltmetr, ampermetr, vattmetr va boshq.)ning o‘lchash chegaralarini kengaytirish va yuqori kuchlanish tarmoqlarida mazkur asboblar bilan ishlash xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ishlatiladi. Bundan tashqari releli himoya asboblarini ulashda ham foydalaniladi. Bunday transformatorlarni "o‘lchash transformatorlari" deyiladi. Ularning quvvati 5 VA dan bir necha yuz VA gacha bo‘ladi. O‘lchov transformatorlari kuchlanish va toklarni o‘zgartirganda xatolik mumkin qadar kam bo‘lishining zarurligi ularga qo‘yiladigan asosiy talabdir.
Kuchlanishni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar.Bunday transformatorlar kuchlanishi 0,381150 kV bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmoqlari kuchlanishini o‘lchash sxemalarida ishlatiladi. Shu sababdan ularni "kuchlanish transformatorlari" deyiladi. Mazkur transformator pasaytiruvchi bo‘lib, birlamchi chulg‘amda kuchlanish nominal (masalan, 3; 6; 10; 35; 110 kV va boshq.) bo‘lganda ikkilamchi kuchlanishi 100, 100 yoki 1003 V bo‘ladigan qilib bajariladi. Uning ikkilamchi zanjiriga voltmetr hamda vattmetr, chastota o‘lchagich, energiya hisoblagich va fazometrlarning kuchlanish chulg‘amlari ulanadi. Bu o‘lchash asboblarining elektr qarshiligi katta (taxminan 1000 Ω) bo‘lib, kuchlanish transformatorlarining ish rejimi salt ishlash rejimiga
yaqin bo‘ladi. Bu holda U1= E1; U0 E2N, deb hisoblash mumkin bo‘ladi, lekin E1 (w1/ w2 )E2 bo‘lgani uchun
U1 (w1/w2 )U2 kU2 , (9.2)
bunda k w1w2 - transformatsiyalash koeffitsienti.
Kuchlanish transformatorining xatoligi birlamchi (U1) va ikkilamchi (U2) chulg‘am kuchlanish vektorlari orasidagi siljish fazasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ko‘chirilmaydigan (statsionar) kuchlanish transformatorlarini uchta (0,5; 1 va 3), laboratoriya kuchlanish transformatorlarini esa 4 ta (0,05;0,1; 0,2; va 0,5) aniqlik klassga bo‘ladilar.
9.5-rasm. Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan tarmoqqa mo‘ljallangan NOM-35 tipli kuchlanish transformatorini tarmoqqa ulash sxemasi (a) va uning tashqi ko‘rinishi (b): (1 – korpus; 2 – yuqori kuchlanishli tarmoqdan ulanadigan sim uchun qisqich; 3 – o‘tish izolyatorining kengaytirgichi; 4 – moy ko‘rsatkich; 5 – zaminlash uchun bolt; 6 – moyni to‘kish uchun tiqinli teshik; 7 – ikkilamchi chulg‘am uchlari chiqarilgan izolyatsion taxtachaning qopqog‘i va 8 – o‘lchash asboblariga sim ulash uchun shtutser (uchlariga rezba ochilgan biriktiruvchi qism)
Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib tayyorlanadi. Kuchlanish U 3000 V gacha quruq qilinib, U > 3000 V bo‘lganda esa moyli (moy bilan sovitiladigan) qilinadi. 9.5-rasmda NOM-35 tipli kuchlanish transformatori (b) va uni tarmoqqa ulash sxemasi (a) ko‘rsatilgan. Elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida transformator ikkilamchi chulg‘amining chiqish uchlaridan biri va transformator qoplamasi (kojuxi) zaminlanadi, ya’ni yerga tutashtiriladi.