2. Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlarining qo‘llanish sohalari. A) YY0–0. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa neytral (0) simi tashqariga chiqarilgan «yulduz» sxemasiga ulangan 0-guruhli quvvati katta bo‘lmagan, kuchlanishi esa 100,4 yoki 60,4 bo‘lgan transformatorlar elektr iste’molchilari yorug‘lik va kuch elektr jihozlaridan iborat bo‘lgan aralash yuklamalar uchun ishlatiladi. Bunda elektr motorlari liniyaviy kuchlanishlarga, yorug‘lik va uy xo‘jaligida hamda maishiy xizmat korxonalaridagi elektr asboblar asosan faza kuchlanishlariga ulanadi. Bu sxemani Y –11 guruhli ulanish sxemasi bilan almashtirish mumkin. Transformatorning chulg‘amlari bu sxemaga ulanganda fazalarining yuklamasi nosimmetrik bo‘lganda ham nisbatan yaxshi ishlaydi. Bu esa mazkur ulanish guruhining afzalligidir.
V) Y –11. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxe-masiga ulangan 11-guruhli transformatorlar past kuchlanishi 400 V dan katta bo‘lgan (60,525; 100,525; 3510; 356 kV) hollarda ishlatiladi.
S) Y0 – 11. YuK chulg‘ami neytral (0) simi tashqariga chiqarilgan «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasiga ulangan 11-guruhli transfor-matorlar UYK ≤ 110 kV bo‘lgan kuchlanishlarda ishlatiladi.
Chulg‘amni «yulduz» (Y) sxemaga ulash yuqori kuchlanishlarda qulaydir, chunki chulg‘amga beriladigan fazaviy kuchlanish (Uf) liniyaviy kuchlanish (U) dan marta kichik bo‘ladi. Bu esa chulg‘amni tayyorlashda izolyatsion material kamroq sarflanib, transformatorning tannarxi kamayadi. PK chulg‘amlarni ko‘pchilik hollarda «» sxemasiga ulaydilar. Bunday sxemada transformator fazalaridagi yuklama notekis bo‘lsa ham yaxshi ishlaydi. Undan tashqari «»ka ulanganda chulg‘amning fazaviy toki If=I/ , ya’ni kam bo‘lib, chulg‘am o‘rov simining kesim yuzasini kamroq tanlashga imkon beradi. Demak, bu holda ham chulg‘am tannarxi nisbatan arzon bo‘ladi.
YY – 0 ulanish guruhida magnit oqimining asosiy tashkil etuvchisi F(1) dan tashqari uning 3-garmonikasi F(3) ham vujudga keladi. Transformatorning konstruktiv elementlarida F(3) hosil qilgan uyurma toklar uni me’yordan ortiqcha qizdirib yuboradi. Shu sabablarga (kamchiliklarga) ko‘ra YY– 0 sxema kam qo‘llaniladi.
Sanoat ehtiyojlariga ko‘ra YY – 0; Y–11; Y –11; Y0 –11 hamda maxsus buyurtmalar asosida YZ –11 ulanish guruhlari tayyorlanadi. Bulardan Y yoki Y sxemaga oid ulanish guruhi afzal hisoblanadi. Shu sababli standart Y – 11 ulanish guruhini tavsiya qilgan.