13.2§. Asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari va xarakteristikalari Salt ishlash tajribasi. Asinxron motorning salt ishlash tajribasi 13.2, a-rasmdagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Motor valiga yuk ulanmagan holda ishlashida (salt ishlashda) isroflarni qoplash uchun zarur bo‘lgan aktiv quvvat P0, stator toki I0 va quvvat koeffitsienti cos0 larning stator chulg‘amiga berilgan kuchlanishga nisbatan o‘zgarishiga, ya’ni P0, I0, cos0 f (U0) bog‘lanishga salt ishlash xarakteristikalari (13.2,b-rasm) deyiladi. Bunda n const bo‘lgani tufayli mexanik isroflari Pmex o‘zgarmas bo‘ladi. Asinxron motorning salt ishlash tajribasidan uning nominal kuchlanishga to‘g‘ri kelgan quvvat isroflari
va elektr parametrlari aniqlanadi:
yoki
Asinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish kam bo‘lganda mashinaning magnit zanjiri to‘yinmaganligi sababli salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi I0r, uning aktiv tashkil etuvchisi I0a ga nisbatan kam bo‘ladi. Bunda salt ishlash rejimidagi cos0, shu rejim uchun o‘zining katta qiymatiga to‘g‘ri keladi. Kuchlanishning U0 0,5 U1N qiymatlaridan boshlab magnit zanjir to‘yina boshlaydi va salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi I0rosha boradi, demak, salt ishlash toki I0berilayotgan kuchlanish U0 ga nisbatan tez o‘suvchan bo‘ladi. Kuchlanish va tok vektorlari orasidagi faza siljishi (0) oshishi tufayli quvvat koeffitsienti cos0 kamaya boradi. Aktiv quvvat P0 salt ishlash tokining kvadrati (I20)ga mutanosib ravishda o‘zgarganligidan, uning o‘zgarish shakli taxminan parabola shaklida o‘suvchan bo‘ladi.
Doiraviy diagramma qurish uchun salt ishlash rejimidan olinadigan nominal kuchlanish (U1N)ga to‘g‘ri kelgan salt ishlash toki I0 va quvvati P0 lar o‘lchanadi. Bu qiymatlar yordamida quvvat koeffitsienti cos0 aniqlanadi va burchak 0 hisoblab topiladi.