Qisqa tutashuv tajribasi. Asinxron motorning qisqa tutashuv tajribasi ham 13.2, a-rasm bo‘yicha o‘tkaziladi, lekin bundagi o‘lchash asboblarini tanlashda bu rejimdagi tok, kuchlanish va quvvatning o‘zgarish qiymatini hisobga olish zarur bo‘ladi va rotor qo‘zg‘almas holatda bo‘lishi shart. Bu tajribani o‘quv maqsadlarida o‘tkazishda (chulg‘am qizib ketmasligi uchun) pasaytirilgan kuchlanishda dastlabki nuqtani tokning qiymati Iqt= 1,2I1N da, 2-nuqtani nominal tok (Iqt=I1N) da va keyingilarini esa undan kamaytirib qisqa tutashuv toki Iqt, qisqa tutashuv kuchlanishi Uqt, qisqa tutashuvdagi isroflarni qoplaydigan aktiv quvvat Pqt o‘lchab olinadi. Ular yordamida Iqt.N =Iqt(U1NUqt), cosqt, rqt r1r2 va xqt x1x2 qarshiliklar hisoblab topiladi.
D oiraviy diagramma qurish uchun qisqa tutashuv rejimidan olinadigan nominal tok (I1N)ga to‘g‘ri kelgan qisqa tutashuv kuchlanishi Uqt, toki Iqt va quvvati Pqt o‘lchanadi. Bu qiymatlar yordamida quvvat koeffitsienti cosqt= Pqt/(m1UqtIqt) aniqlanadi va u orqali burchak qt hisoblab topiladi. Bu tajribaga oid elektr parametrlar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:
yoki
13.3§. Doiraviy diagrammani salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan olingan ma’lumotlar bo‘yicha qurish S oddalashgan doiraviy diagrammani qurish quyidagicha amalga oshiriladi (13.3,a-rasm). Koordinata o‘qlari o‘tkaziladi va ordinatalar o‘qida kuchlanish vektori U1 qo‘yiladi. Toklar uchun masshtab mi (A/mm) tanlanadi va U1 ga 0 burchak ostida tok vektori I0 ni qo‘yib «0» nuqtani, qt burchak ostida esa tok Iqt.N vektorini yo‘naltirib «K» nuqta topiladi (bunda salt ishlash tajribasidagi tok I0 va burchak 0 ideal salt ishlashga mos deb qabul qilinadi). «0» nuqtadan abstsissalar o‘qiga parallel bo‘lgan OB chiziqni o‘tkazamiz. So‘ngra bu nuqtalarni birlashtirib, uning o‘rtasidan OB chiziq tomon H01 perpendikulyar o‘tkazamiz va toklar aylanasining markazi 01 ni topamiz, ya’ni 001 yoki 01B chiziqlar doiraviy diagrammaning radiusini beradi. "K" nuqtadan OB chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan chiziqni tushiramiz va bu kesmani / = r2/r1 nisbatda bo‘lib, «T1» nuqtani topamiz. Bunda stator chulg‘ami qarshiligi r1 tajriba vaqtida o‘lchanadi, r2 esa r2= rqt– r1 ayirmadan aniqlanadi). So‘ngra «0»nuqtadan «T1» nuqta orqali o‘tadigan chiziqni davom ettirib aylanada «T» nuqtani topamiz. "OT" chiziq elektromagnit quvvat (yoki momentlar) chizig‘i hisoblanadi. Doiraviy diagrammada sirpanish liniyasi (shkalasi)ni qurish uchun toklar aylanasiga (0 nuqtada) ordinatalar o‘qiga parallel qilib urinma o‘tkaziladi. So‘ngra ixtiyoriiy balandlikdan elektromagnit quvvat chizig‘i OT ga parallel qilib foydali quvvat chizig‘ining davomi bilan kesishguncha QC to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Motorning A nuqtadagi rejimidagi sirpanish sA ni topish uchun 0 ni A nuqta bilan birlashtirib uni sirpanish shkalasi bilan kesishguncha davom qildiriladi (diagrammada bu chiziq ko‘rsatilmagan).
13.3-rasm. Asinxron motorninig soddalashgan (a) va aniqlashtirilgan (b) doiraviy diagrammalarini salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari ma’lumotlari bo‘yicha qurish; –ideal salt ishlash toki
Doiraviy diagrammada quvvat koeffiitsienti shkalasini qurish uchun ordinatalar o‘qida ixtiyoriy diametrda (100 mm bo‘lgani o‘lchash uchun qulay) yarim aylana chiziladi. U holda toklar aylanasidagi A nuqtadagi rejim uchun cosA quyidagicha topiladi, ya’ni 0 ni A nuqta bilan birlashtirilgan to‘g‘ri chiziqning sos shkalasi bilan kesishgan nuqtasini birorta harf («h») bilan belgilansa (diagrammada bular ko‘rsatilmagan), unda cosA = 0h/100.
Doiraviy diagrammada foydali quvvat koeffiitsienti shkalasini qurib undan FIK ni aniqlashda motordagi qo‘shimcha isroflar hisobga olinmagani tufayli katta xatolik kelib chiqadi. Odatda motorning FIK isroflar yig‘indisi P ni hisoblash orqali aniqlanadi (buni standart tavsiya qilgan). Asinxron mashinaning soddalashgan doiraviy diagrammasidan aniqlangan rejim parametrlarining aniqlik darajasi nominal tokkacha qoniqarli bo‘ladi, chunki bu oraliqda mashinaning aktiv va induktiv qarshiliklari kam o‘zgaradi. Demak, soddalashgan doiraviy diagrammani katta va o‘rta quvvatli asinxron mashinalarga qo‘llash maqsadga muvofiq ekan. Agar aniq natijalar olish zarur bo‘lsa (kam quvvatli va ayniqsa asinxron mikromashinalar uchun) aniqlashtirilgan doiraviy diagrammani (13.3, a-rasm) ideal salt ishlash ma’lumotlari bo‘yicha hamda almashtirish sxemadagi kompleks son «s1» ni ham hisobga olgan holda qurishni standart tavsiya qiladi. Buning uchun 13.3,a-rasmda qurilgan soddalashgan doiraviy diagramma bir oz o‘zgartiriladi, chunki tajribada o‘lchab olingan salt ishlash toki I0 va hisoblangan burchak 0 real holatdagi salt ishlash rejimiga mos keladi (13.3, a-rasmda, 0). Bundan ideal salt ishlash toki I0(id) ni topish uchun calt ishlash isroflari (P0)dan stator chulg‘amidagi elektr isroflari (Pe1(0)= m1I20r1)ni va motordagi mexanik isroflarni ayirgandan [ya’ni P0 – (Pe1(0)+ +Pmex)] quvvat masshtabi mp da hosil bo‘lgan natijani 0 nuqtadan abstsissalar o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda qo‘yib «0» nuqta topiladi. Bu nuqtani 0 nuqta bilan birlashtirib I0(id) vektori aniqlanadi. Iqt vektori 13.3,a-rasmdagidek quriladi. Toklar aylanasining markazini topishda, endi N01 perpendikulyarning 13.3, a-rasmdagidek 0B chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi emas, balki toklar aylanasi diametri 0L chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi bo‘ladi. 0L chizig‘i 0B gorizontal chizig‘ining 0 nuqtasidan soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda 2 burchak ostida o‘tkaziladi (bunda sin2 2I0(id)r1/U1). Burchak kompleks son «s1» ning argumentidir, ya’ni s1= s1e-j va fizik jihatdan kuchlanish U1 va EYuK E1 vektorlari orasidagi siljish burchagini ifodalaydi. Toklar aylanasida sirpanish s = ga to‘g‘ri kelgan «T» nuqta «0» nuqtadan 0L chizig‘iga burchak ostida soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda o‘tkazilgan OT chizig‘ining toklar aylanasi bilan kesishishidan hosil bo‘ladi (tg = Dr1/U1, bunda D = mi – toklar aylanasining amperlarda qo‘yilgan diametri).
Doiraviy diagrammadan biror rejim (masalan, A nuqtasi)ning energetik muvozanati uchun ma’lumotlar quyidagicha aniqlanadi. Diagrammada asinxron motorga berilgan aktiv quvvat P1 – kesma (berilgan quvvat liniyasi 0G ga tushirilgan perpendikulyar); elektromagnit quvvat Pem (momentlar masshtabi mM da – elektromagnit moment) – aylana diametri 0L ga o‘tkazilgan perpendikulyarning elektromagnit quvvat chizig‘i 0T (elektromagnit momenti liniyasi) bilan kesishgan nuqtasigacha bo‘lgan kesma; mexanik quvvat Pmex– 0L chizig‘iga perpendikulyar yo‘nalishda o‘tkazilgan mexanik quvvati liniyasi 0K gacha bo‘lgan kesma; foydali quvvat P2 – 0L chizig‘iga perpendikulyar yo‘nalishda o‘tkazilgan foydali quvvati liniyasi 0K gacha bo‘lgan kesma Avtomatika tizimlarida ishlatiladigan asinxron ijrochi motorlar uchun odatda doiraviy diagrammalardan foydalanilmaydi.