Hisob quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Rotor chulg‘amining keltirilgan aktiv qarshiligi , kritik sirpanish skr va nominal sirpanish sN lar quyidagicha aniqlanadi:
= rqt – r1 , (13.5)
skr / xqt , (13.6)
sN = (n1 – nN)/n1 . (13.7)
Sirpanishga 78 qiymatlar (bunga sirpanishning nominal sN va kritik skr qiymatlari ham kiradi) berib ish xarakteristikalarini qurish uchun zaruriy bo‘lgan kattaliklar aniqlanadi.
Ekvivalent aktiv qarshilik, ()
rek = r1 + /s. (13.8)
Almashtirish sxemaning ishchi zanjiri (konturi)ning ekvivalent to‘la qarshiligi ()
Zek= . (13.9)
Asinxron motor almashtirish sxemasi ish konturiining quvvat koeffitsienti
cos2 = rek/Zek . (13.10)
Rotor chulg‘amining keltirilgan toki, (A)
= U1/Zek (13.11)
va uning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari, (A)
= cos2 ; (13.12)
= sin2 . (13.13)
Stator chulg‘amining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari, (A)
I1a = I0a + ; (13.14)
I1r = I0r + , (13.15)
bularda: I0a = I0cos0 – salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi; I0r = I0sin0 – salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi.
Stator chulg‘amining toki, (A)
I1 = . (13.16)
Asinxron motorning quvvat koeffitsienti
cos1 = I1a/I1 . (13.17)
Motorning iste’mol qiladigan aktiv quvvati, (W)
P1 = m1U1I1a . (13.18)
Salt ishlash rejimdagi aktiv quvvati, (W)
P0 = m1I02 r1 + + , (13.19)
bunda r1 - stator fazaviy chulg‘amining aktiv qarshiligi (); bu qarshilik mazkur tajribani o‘tkazib bo‘lgandan keyin tezda o‘lchab olinadi. Stator chulg‘amidagi elektr isroflar, (W)
= m1 r1 . (13.20)
Asinxron motorning elektromagnit quvvati, (W)
Pem = P1 – ( + ). (13.21)
Rotor chulg‘amidagi elektr isroflar, (W)
= m2 r2 = m1 . (13.22)
Elektromagnit moment, (Nm)
M = Pem 1 , (13.23)
bunda 1 = 2n1/60 = 2f1/r – maydonning burchak tezligi. Qo‘shimcha isroflar (nominal rejim uchun), (W)
Pqo’sh(N) = 0,005 P1 . (13.24)
Motorning nominal bo‘lmagan rejimi uchun qo‘shimcha isroflarini hisoblashda quyidagi ifodadan foydalanish zarur:
Pqo’sh = Pqo’sh(N)k2yu (13.25)
bu yerda kyu = I1/ I1N – yuklama koeffitsienti. Asinxron motorda barcha isroflarning yig‘indisi:
P= + + + + . (13.26)
Asinxron motorning foydali quvvati, (W)
P2 = P1 – P yoki P2 = Pem – Pe2 – Pmex – Pqo’sh (13.27)
bunda Pmex– mexanik isroflar (ular salt ishlash tajribasidan aniqlanadi).
Motorning FIK
= P2 / P1 =1 – P /P1 . (13.28)
Rotorning aylanish chastotasi (13.3) formula bo‘yicha hisoblanadi. Motorning foydali momenti (Nm)
M2 = 9,55P2/n. (13.29)
Sirpanishning bir necha me’yoriy qiymatlari uchun hisoblangan natijalar jadvalga yig‘iladi va motorning ish xarakteristikalari – n, M2, I1,cos1, = f (P2) kuchlanish U1= UN = const va chastota f1=const uchun quriladi.
Nazorat savollari
1. Asinxron motorning salt ishlash xarakteristikasini o‘tkazishdan maqsad nima? 2. Asinxron motorning qisqa tutashuv xarakteristikasini o‘tkazishdan maqsad nima? 3. Motorning ish xarakteristikasi deb qanday bog‘lanishga aytiladi? 4. Asinxron motor toklarining doiraviy diagrammasi to‘g‘risida ma’lumot bering. 5. Motorning mexanik xarakteristikasi deb qanday bog‘lanishga aytiladi?
* * *