1. Chuqur pazli asinxron motor. Bunday motorlarda rotor pazining balandligi uning enidan 612 marta katta bo‘ladi (14.4-rasm). Bu pazlarda qisqa tutashgan mis yoki alyuminiy sterjenlar joylashgan bo‘ladi. Ishga tutushirishning boshlang‘ich paytida (s=1) rotordagi tok chastotasining o‘zgarishi katta bo‘ladi va tokning tarqalishi asosan induktiv qarshilikka bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli sterjenning yuqori qismida tokning siqilishi vujudga kelib, aktiv qarshilik oshishi tufayli ishga tushirish momenti oshadi. Sirpanish s sN bo‘lganda rotorning chastotasi f2 f1s kichik bo‘lganligidan va uning induktiv qarshiligi ham kichik bo‘ladi. Bu holda tokning tarqalishi sterjen balandligi bo‘ylab bir xilda bo‘ladi (14.4,s-rasm, 2-chiziq). Natijada rotorning aktiv qarshiligi tezda kamayadi va bir vaqtning o‘zida rotordagi tarqoq magnit oqimi F2 ning o‘zgarishi x2 ning o‘zgarishiga olib keladi. Chuqur pazli motorlarda ishga tushirish momentiing karraligi Mi.tMN 1,21,4, ishga tushirish tokining karraligi esa Ii.tIN 4,5-6,5 ni tashkil qiladi.
2. Qo‘sh katakli motor. Bu motorning rotori ikkita qisqa tutashgan chulg‘amlardan iborat. Tashqi katak (2) ishga tushirish chulg‘ami hisoblanib, uning ko‘ndalang kesim yuzasi kichik bo‘lgan sterjenlardan iborat, shu sababli uning aktiv qarshiligi katta bo‘ladi. Ichki katak (1) ishchi chulg‘am deyiladi va u ko‘ndalang kesim yuzasi katta bo‘lgan sterjenlardan iborat, shu sababli uning aktiv qarshiligi kichik bo‘ladi. Ishga tushirish katagi bronza yoki latundan, ishchi chulg‘ami esa misdan tayyorlanadi.
Sterjenlarning pastki qismi tarqoq oqim bilan ularning yuqori qismiga nisbatan ko‘proq ilashadi (14.5-rasm). Sterjenlarning induktiv qarshiligi ularning pastki tomonida juda katta bo‘ladi. Shu sababli rotor tokining deyarli hammasi ishga tushirish katagidan o‘tadi. Rasmda ishga tushirish va normal ishlash toklari zichliklarining taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Elektr jihatdan ishga tushirish va ishchi chulg‘amlari parallel ulangan bo‘ladi. Shu sababli rotor toki chulg‘amlarning to‘la qarshiliklariga teskari mutanosib bo‘ladi:
I2(i.t) / I2(ish) = Z2(ish) / Z2(i.t) = . (14.6)
Ishga tushirishning boshlang‘ich paytida (s 1) katakning induktiv qarshiligi aktiv qarshilikdan bir necha barobar katta bo‘ladi. Shuning uchun rotordagi tok ishga tushirish katagi orqali oqadi. Rotorning tezligi osha borgan sari sirpanish s va chastota f2 kamayadi. Bu jarayonda rotordagi tok ishga tushirish katagidan ishchi katakka o‘ta boshlaydi. Natijada sirpanish s juda kichik bo‘ladi va tokning tarqalishida induktiv qarshilik kam ta’sir etadi va tok asosan ishchi katagi orqali o‘tadi.
Qo‘sh katakli asinxron motorining mexanik xarakteristikasi 14.5,d-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday motorda ishga tushirish momentining karraligi Mi.t MN 1,31,7 ishga tushirish toki karraligi esa Ii.t IN 4,56 bo‘ladi. Chuqur pazli va qo‘sh katakli motorlarning ishga tushirish xarakteristikalari ancha yaxshi bo‘lsa ham, rotor sterjenlarining induktiv qarshiligi katta bo‘lgani sababli, ularning quvvat koeffitsientlari kichikroq bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday rotorlarni tayyorlash texnologiyasi murakkab va tannarxi qimmat bo‘lganligi ularning kamchiligidir.