U. T. Berdiev


Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə71/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish. Faza rotorli asinxron motorlar maxsus uch fazali ishga tushirish reostati yordamida ishga tushiriladi. Ishga tushirish toki quyidagi formula bilan aniqlanadi:
. (14.5)
Ishga tushirish reostati rotor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi (14.3-rasm). Uning yordamida rotor chulg‘amining aktiv qarshiligi oshirilib, ishga tushirish toki kamaytiriladi, momenti esa oshiriladi. Dastlab motor 1-xarakteristika bo‘yicha ishga tushiriladi. Bu holda ishga tushirish reostatining qarshiligi ri.t r1 r2  r3 bo‘lib, aylantiruvchi moment maksimal momentga teng bo‘ladi (MMmax). Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari aylantiruvchi moment M ham kamaya boradi va Mi.t.min momentdan kichik (M< Mi.t.min) bo‘ladi. M= Mi.t.min bo‘lganda ishga tushirish reostatining bir qismi (r1) sxemadan chiqariladi. Bunda aylantiruvchi moment birdaniga Mi.t.max qiymatga erishadi, so‘ngra aylanish chastotasining oshishi bilan 2-xarakteristika bo‘yicha o‘zgaradi. Bu holda ishga tushirish reostatining qarshiligi ri.t.2  r2  r3 bo‘ladi. Aylantiruvchi moment Mi.t.min gacha kamayib boradi, shu vaqtda r2 qarshilikni uzadilar, bunda motor 2-xarakteristika bo‘yicha ishlaydi. Bunda ishga tushirish reostatining qarshiligi ri.t.1 r3 bo‘ladi. Ishga tushirishning oxirida ishga tushirish reostati sxemadan butunlay chiqariladi va shu bilan rotorning chulg‘amlari qisqa tutashtiriladi. Bu holda motor tabiiy xarakteristika (4) bo‘yicha ishlaydi (14.3,b-rasm).

Faza rotorli motorlarni ishga tushirish va ular tuzilishining murakkabligi, qimmatligi va boshqalar bunday motorlarning kamchiligi hisoblanadi. Shu sababli faza rotorli motorlar asosan ishga tushirish sharoiti og‘ir bo‘lgan mexanizmlarda qo‘llaniladi.


14.2§. Ishga tushirish xossalari yaxshilangan uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarning ishga tushirish momentini, rotor chulg‘ami aktiv qarshiligini oshirmasdan kattalashtirish bundaymotorlarning maxsus konstruksiyali qilib yaratishga olib keladi. Bunday qirqimi (b) va tok zichligi  ning ishga tushirish paytida (1) va normal ishlashida (2) tarqalish diagrammasi (c); Ф2 – tarqoq magnit oqim; h – paz balandligi motorlarga ishga tushirish momenti kattalashtirilgan motorlar deyiladi. Bu motorlar jumlasiga rotori qo‘sh katakli va chuqur pazli motorlar kiradi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin