U. T. Berdiev


g) Rotor zanjiriga reostat ulab asinxron motorning aylanish chastotasini rostlashda



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə75/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

g) Rotor zanjiriga reostat ulab asinxron motorning aylanish chastotasini rostlashda (12.5,b-rasmga qarang) aylanish chastota bir tekis va keng ko‘lamda o‘zgartiriladi. Bu usul bilan amaliyotda aylanish chastota kichik oraliqlarda o‘zgartirilishi mumkin, chunki rotor zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik oshirilganda rotordagi elektr isroflar oshib ketadi.
Nazorat savollari
1. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarni ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz? 2. Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirishning qanday usulini bilasiz? 3. Ishga tushirish xossalari yaxshilangan asinxron motorlarning qanday turlarini bilasiz? 4. Faza rotorli asinxron motorning aylanish chastotasini qanday rostlanadi?

15-Bob. Uch fazali asinxron generator
15.1§. Asinxron mashinaning generator rejimi
Asinxron mashina, boshqa elektr mashinalari kabi, E. Lens kashf qilgan elektr mashinalarining qaytuvchanlik xossasiga binoan, motor rejimida hamda generator rejimida ishlashi mumkin. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha asinxron generator asinxron motordan farq qilmaydi. Motor rejimidan generator rejimiga o‘tkazish uchun, stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan holda birlamchi motor yordamida asinxron mashinaning rotorini stator maydonining aylanayotgan tomoniga aylanish chastotasini maydon aylanish chastotasidan katta (n > n1) qilib aylantiriladi. Bu holda mashinaning sirpanishi
(–s) = (n1 – n­)/n1 (15.1)
manfiy ishoraga ega bo‘ladi. Amalda asinxron generatorning normal ish rejimida (–s)  (6  8) % bo‘ladi.
Asinxron mashina generator rejimda stator va rotor chulg‘amining o‘tkazgichlari aylanma maydon bilan go‘yo qarama-qarshi yo‘nalishda kesishadilar. Motor rejimda mazkur o‘tkazgichlar mos yo‘nalishda kesishadilar. Shu sababli generatorning vektor diagrammasida E2s (demak, E2s ning ham) va E1 vektorlarining yo‘nalishlari shartli ravishda teskari fazada qo‘yilishi kerak. Rotor toki xususida mulohazalar quyidagilardan iborat. Rotor tokining umumiy ifodasi:
I2 = E2 (–s) / . (15.2)
Rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi
I2a = I2cos2 = (E2 (–s) / )  (r2 / ) =
= (E2 (–s)r2 ) / ( ) (15.3)
o‘zining ishorasini o‘zgartiradi, chunki sirpanishning ishorasi manfiy (–s); rotor tokining reaktiv tashkil etuvchisi esa o‘zining ishorasini o‘zgartirmaydi (ya’ni motor rejimidagi kabi bo‘ladi), chunki (-s)2 – musbat kattalik.
I2r = I2sin2 = [E2 (–s) / ]  [x2(–s) / ] =
= (E2 sx2 ) / ( ) (15.4)
R otor toki aktiv tashkil etuvchisi I2a ning o‘z ishorasini o‘zgar tirishi, elektromagnit momentning ishorasini o‘zgartiradi, demak, u tormozlovchi moment bo‘ladi, reaktiv tashkil etuvchisi I2r ning o‘z ishorarasini saqlab qolishi, motor rejimidagi singari, magnit maydonni hosil qilish uchun mashina tarmoqdan magnitlovchi tokni oladi.

Asinxron generatorning vektor diagrammasi 15.1, a-rasmda ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinishicha, generator rejimda burchak 1 > /2 va, demak, P1 = m1U1I1cos1< 0. Bu esa aktiv quvvatning iste’mol qilinishini emas, balki tarmoqqa berilishini ko‘rsatadi.


Vektor diagrammada stator toki I1 (11.19) tenglamalar tizimidagi asinxron mashina toklarining muvozanat tenglamasidan topiladi, ya’ni:
I1 = I0 + (– I2),
kuchlanish U1 ham (11.19) dagi kuchlanish va EYuK lar muvozanat tenglamasidan aniqlanadi, ya’ni:
U1 = – E1 + jI1x1 + I1r1.
Vektor U1 tarmoq kuchlanishini ifodalaydi. Tarmoq kuchlanishini muvozanatlovchi generator kuchlanishining vektori U1G qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘ladi, ya’ni U1G = – U1. Generatorning tarmoqqa beradigan aktiv quvvatini rostlash rotorning burchak tezligini o‘zgartirish orqali erishiladi. Asinxron generatorning ish xarakteristikalarini (15.1,b-rasm) doiraviy diagrammadan yoki almashtirish sxemasidan aniqlab qurish mumkin. Yuklamaning oshishi bilan kuchlanish U1G= const qilish uchun rotorning aylanish chastotasi n oshiriladi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin