20.3§. Tashqi va rostlash xarakteristikalari Tashqi xarakteristikalari. Bu xarakteristikalar qo‘zg‘atish toki Iqo’z = const, f const (demak, aylanish chastotasi n = nN = const) va cos const bo‘lganda generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish U1 ning yuklama toki I1 ga bog‘liq holda o‘zgariishini ko‘rsatadi, ya’ni U1 f (I1). SG ning tashqi xarakteristikalari yuklamaning xarakteriga qarab har xil bo‘ladi. 20.2-rasmda generatorning bu xarakteristikalari uch xil (aktiv, aktiv-induktiv va aktiv-sig‘imiy) xarakterli yuklamalarga tegishli cos uchun ko‘rsatilgan.
Aktiv-induktiv ( > 0) yuklamada mashina yakor reaksiyasining bo‘ylama o‘q bo‘yicha magnitsizlovchi ta’siri tufayli yakor tokining ortishi bilan SG chiqish klemmasidagi kuchlanish kamayadi (bunda E0 >U1), aktiv-sig‘imiy ( < 0) yuklamada esa yakor reaksiyasi mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitlovchi ta’sir ko‘rsatadi va I1 tokning ortishi bilan kuchlanish ham ortadi (bunda E0 < U1). Sof aktiv ( = 0) yuklamada esa yakor reaksiyasi mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha ta’sir qilib, bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan asosiy magnit oqimini deformatsiyalaydi, ya’ni uning qutb o‘qiga nisbatan simmetrik taqsimlangan shaklini buzadi (bu holda burchak > 0 bo‘ladi). Natijada rotorning aylanish yo‘nalishiga bog‘liq holda qutb o‘qining bir tomonida magnit maydon susayadi, ikkinchi tomonida esa kuchayadi va mashina magnit zanjirining bu qismi magnit jihatdan to‘yinadi.
Bunda ma shinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan natijaviy magnit oqimi nisbatan kamayadi, demak, bu holda ham yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha bo‘lar ekan. Shuning uchun yuklama toki I1 ning ortishi bilan kuchlanish kamayadi (E0 >U1) .
Agar SG ning tashqi xarakteristikasini tajribada olishda nominal yuklama (I1=I1N)dan salt ishlash rejimigacha kamaytirib olinsa, yakor reaksiyasi ta’sirining kamayishi tufayli kuchlanish oshadi (U0 > U1N), agarda tashqi xarakteristikani tajribada olishda yuklamani nominalgacha oshirib olinsa unda kuchlanish U ga kamayadi. Uning kattaligi foizda quyidagicha aniqlanadi:
U% = [(U0 – U1N)/U1N]100 . (20.19)
Odatda SG lar cos = 0,850,9 bilan kuchlanishdan orqada qoluvchi tokda ishlaydilar. Bu holda U = 2030 % bo‘ladi. Iste’molchilar nominal kuchlanish UN va unga yaqin kuchlanish bilan ishlashi uchun SG qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash qurilmasi bilan ta’minlanib, kuchlanish rostlanib turiladi.