286
o‘zlashtirib, ularni AQSHga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi
milliy va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga
aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining
samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini
tushuntirishga yordam beradi.
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va texnologiyalarni
mavjud bo‘lmasligini bildiradi, shunga ko‘ra hozirda hech bir mamlakat to‘liq
mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimoti
tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan
xorijiy nazoratning o‘rnatilishi xavfini past darajada bo‘lishiga harakat qiladilar.
Xorijdagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikning o‘sishini o‘zaro ehtiyoj
asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar
(masalan, Fransiya va Germaniya)ning savdo sheriklari sifatidagi o‘zaro bog‘liqligi
holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib berish yoki bozor hajmini qisqartirishi
ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O‘ta
yuqori darajadagi bog‘liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro‘y beruvchi
o‘zgarishlarga bog‘liqligini keltirib chiqaradi.
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy
layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo‘shib
turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu
nazariyalardan keng foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: