U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq 
tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad 
hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini shiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan 
daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir 
qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. 
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning 
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv 
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida 
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. 
Bu munosabatlar o‘z 
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan 
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) 
jinoyatga aloqador iqtisodiyot
– rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy 
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday 
shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor 
o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli 
sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – 
bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket); 
2) 
soxta iqtisodiyot
– hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta 
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar); 


144 
3) 
norasmiy iqtisodiyot
– iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro 
aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va 
bevosita aloqalarga asoslanadi; 
4) 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin