Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti –
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar
sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar – tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan ushta qismdan
iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi;
b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o‘zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi
aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi
fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM
tarkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur
yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o‘z
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini
oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi
sifatida qo‘shiladi.
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur.
Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan
ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda
ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan
zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi.