148
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu
sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar o‘z ichiga aksiz to‘lovlari,
sotishdan
olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini oladi.
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan
ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar,
ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari,
ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o‘z
ichiga
oladi. Ish haqiga bu qo‘shimchalar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi
to‘lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy
xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona
xarajatlari tarkibiga
kiradi.
Foiz pul kapitali egalariga pul dapomadi to‘lovlaridan iborat. Bunda davlat
tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar, foizli daromadlar tarkibidan
chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi:
bir qismi mulkga
daromad va boshqa qismi esa korporasiyalar foydasi deyiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir
butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi
iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda
ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda
bir yil davomida
vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
149
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya
ajratmalari summasiga
kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan
iborat bo‘ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib,
SMMdan egri
soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona
foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar
summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas
yoki qiyosiy
narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida
sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli
iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot –
YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Dostları ilə paylaş: