146
bildiradi.
Yalpi investitsiyalar
o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
iste’mol
qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda
kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi.
Yalpi
investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash
summasini va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi.
Boshqa
tomondan
sof xususiy ichki investitsiyalar
tushunchasi
joriy yil davomida
qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari
– bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi
kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari
bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari
xuddi mamlakat
ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu
sababli YAIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning
sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi.
Boshqa tomondan, iste’mol va
investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni
chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy
hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi.
Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof
eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi.
Sof eksport ijobiy va salbiy
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: