U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
2. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari 
 
Kredit
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va 
ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab 
chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan 
qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital 
ssuda kapitali
deyilsa, uning harakati 
kreditning 
mazmunini
tashkil qiladi. 
Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va 
qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi. 
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari 
hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. 
Sanab o‘tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi 
va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin. 
Kredit munosabatlarining ob’ekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘laridir. 


231 
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul 
mablag‘larining doiraviy aylanishi 
kredit munosabatlarining
mavjud bo‘lishini 
taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda 
vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kredit 
mablag‘larining manbaini tashkil qiladi. 
Kredit resurslarining 
asosiy manbalari
quyidagilardan iborat: 
1)
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; 
2)
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3)
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari
moddiy rag‘batlantirish fondlari; 
4)
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob 
qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun 
foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi; 
5)
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy 
tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6)
aholining bo‘sh pul mablag‘lari. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi 
bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul 
mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 
Avvalo kredit 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin