U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


Maktab kutubxonachisining javobgarliklari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə15/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

Maktab kutubxonachisining javobgarliklari

-maktab kutubxonachisi maktabning ichki mehnat tartibi qoidalarini, maktab direktorining, hududiy ARM rahbarining qonuniy farmoyishlarini va boshqa maxalliy me’yoriy hujjatlarni, ushbu Yo‘riqnoma bilan o‘rnatilgan lavozim majburiyatlarini uzrli sabablarsiz bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi, shu jumladan, berilgan huquqlardan foydalanmagani uchun mehnat qonunchiligida belgillangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi;


-mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzganligi uchun intizomiy jazo sifatida ishdan ozod qilish qo‘llanilishi mumkin;
-maktab kutubxonachisi ta’lim oluvchining shaxsiga jismoniy yoki psixik zo‘ravonlik o‘tkazish bilan bog‘liq, tarbiya metodlarini, shu jumladan, bir marta, qo‘llagani uchun mehnat qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Bu ayb uchun ishdan bo‘shatish intizomiy javobgarlik chorasi hisoblanmaydi;
-yong‘in xavfsizligi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, kutubxona ishining sanitariya-gigiena qoidalarini buzganlik uchun kutubxonachi, ma’muriy qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda va tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
-odob axloq qoidalariga rioya qiladi.


Malakaga doir talablar

Maktab kutubxonachisi kutubxonachilik yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki kutubxonachilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli, oliy ma’lumotli pedagoglar (ona tili, tarix, huquq, boshlang‘ich sinf) mutaxassisliklari hamda kompyuter savodxonligini mukammal bilishi shart.


11-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari:
a) ishlab chiqarish ta’limi o‘quv jarayonini tashkil etadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv, tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
b) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi;
v) ishlab chiqarish ta’limi jarayonini boshqaradi, ustozlarning, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi;
g) pedagogik xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy yordam tashkil qiladi, jamoa, ayrim o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
d) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Tasdiqlangan reja asosida o‘qituvchilarning ish vaqti hisobini yuritadi, dars jadvali, testlar sinovlari, imtihonlar grafigini ishlab chiqadi;
e) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi;
j) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan hamda axborot -resurs markazini kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
z) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
i) maktab-internatilar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va talabnomalar portfelini shakllantirish masalalarida hamkorlik qiladi;
k) ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ishga joylashtirishda ishtirok etadi;
l) umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish vazifalarini nazorat qiladi;
m) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi;
n) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
o) pedagoglar, xodimlar va o‘quvchilar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiena tartibi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi;
p) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin