U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati farroshining



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə23/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
малака талаблари мактаб yangi

15-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati farroshining
lavozim malaka tavsiflari
Lavozim majburiyatlari:
a) maktab-internati ning oʼziga biriktirilgan xizmat va oʼquv xonalarini tozalaydi (sinflar, koridorlar, zinalar, xojatxonalar, va boshqalar);
b) ish kuni davomida biriktirilgan uchastkadan tozalikni saqlab turadi;
v) maktab-internati direktori tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan ish kuni davomida sinf va xizmat xonalarda ikki marotaba xoʼl(namli) tozalashni amalga oshiradi (pollarni yuvadi, chang tozalaydi, sinf doskalarini artadi); dush, garderob va boshqa joylarni tozalaydi va dezinfektsiya qiladi, changyutgich yordamida gilamlarni tozalaydi;
g) yuvuvchi va dezinfektsiya vositalarini xavfsizlik choralarini koʼrgan holda tayyorlaydi;
d) biriktirilgan uchastkalarni axlatdan tozalaydi: axlat uchun urnalarni joyiga qoʼyadi, ularni tozalaydi va dezinfektsiya qiladi hamda axlatni konteynerlarga olib chiqadi;
e) xojatxonalarni kamida ikki marta tozalaydi, unitazlarni, rakovinalarni va boshqa sanitar-texnik vositalarni tozalaydi va dezinfektsiya qiladi;
j) mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqish sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.


Bilishi kerak:
a) tozalash qoidalarini;
b) maktab xonalarini sanitar va gigiena holatida ushlab turish qoidalarini;
v) tozalash anjomlari va moslamalarining tuzilishi, ishlatish va foydalanish qoidalari;
g) tozalovchi va dezinfektsiya qiluvchi vositalardan foydalanish, kontsentratsiya miqdori va xavfsizlik qoidalari;
d) sanitar-texnik anjomlardan foydalanish qoidalari;
e) mehnat muhofazasi, yongʼin xavfsizligi hamda sanitariya norma va talablari.
Malaka talablari: umumiy oʼrta maʼlumot, ish stajiga boʼlgan talablar taqdimotisiz.


16-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘t yoquvchisining
lavozim malaka tavsiflari
Lavozim majburiyatlari:
a) pechkalarni qattiq yoki gazli yoqilgʼi bilan yoqadi, yongʼin kameralarini oʼrnatish, shurovka va kichik taʼmirlash, pechka va moʼrilarning yaxshi holatda boʼlishini nazorat qilish, kuldan va toshqoldan tozalash;
b) belgilangan joyga xonadagi kulni olib borish, xonalardagi kerakli issiqlik haroratini ushlab turish, koʼmirni maydalash, tayyorlash va pechka yoniga olib borish; yoqilgʼining ishlatilishi hisobini olib borish, yoqilgʼiga boʼlgan ehtiyojni tuzish va buyurtma berish;
v) mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqish sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.


Bilishi kerak:
a) qattiq yoki gazli yoqilgʼi bilan isitish qoidalari;
b) yoqilgʼi turlari va ularni yoqish qoidalari; moʼrilarning joylashuvi;
v) yongʼin kameralarini shurovka qilish va tozalash usullari;
g) yoqilgʼini ishlatish normasi; yongʼin oʼchirish vositalaridan foydalanish qoidalari;
d) yoqilgʼiga talabnoma tuzish qoidalari;
ye) mehnat muhofazasi, yongʼin xavfsizligi hamda sanitariya norma va talablari.

Malaka talablari: isitish pechlarini yoqish qoidalari boʼyicha instruktaj oʼtilgandan soʼng maʼlumotga va ish stajiga boʼlgan talablar taqdimotisiz.





Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin