II. Lavozim majburiyatlari
Ish yurituvchi:
1. Xat yozishmalarini qabul qiladi va ro‘yxatga oladi, ularni tarkibiy bo‘linmalarga yo‘naltiradi.
2. Maktab-internati rahbarining rezolyusiyasiga muvofiq hujjatlarni ijroga topshiradi, ro‘yxatga olish kartochkalarini rasmiylashtiradi yoki ma’lumotlar bankini tuzadi.
3. Hujjatli materiallar harakatini hisobga olish kartotekasini yuritadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ro‘yxatga olingan hujjatlar bo‘yicha zarur ma’lumotnomalar beradi.
4. Ijro etilgan hujjatlarni adresat bo‘yicha jo‘natadi.
5. Qabul qilinadigan va jo‘natiladigan xat yozishmalarining hisobini yuritadi, joriy arxiv hujjatlarini tizimlashtiradi va saqlaydi.
6. Hujjatlar bo‘yicha ma’lumot apparatini tashkil etishga doir ishlarni yuritadi, ularni qulay va tezkor izlashni ta’minlaydi.
7. Ish yurituvi yakunlangan hujjatli materiallarni, ro‘yxatga olish kartotekasi yoki ma’lumotlarning kompyuterlashtirilgan bankini maktab-internati arxiviga topshiradi, arxivga topshiriladigan ishlar ro‘yxatini tuzadi.
8. Hujjatlarni rahbar imzolashi uchun qabul qilib oladi, ularning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
9. Harakatdagi xizmat hujjatlarining butligini ta’minlaydi.
10. O‘zining bevosita rahbarining alohida xizmat topshiriqlarini bajaradi.
III. Huquqlari
Ish yurituvchi quyidagi huquqlarga ega:
1. Uning faoliyatiga tegishli bo‘lgan maktab-internati rahbarining buyruqlari, maktab-internati hay’ati, kengashi va yig‘ilishi qarorlari bilan tanishib chiqish.
2. Mazkur yo‘riqnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
3. O‘z vakolatlari doirasida rahbarga lavozim majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan maktab-internati (uning tarkibiy bo‘linmalari) faoliyatidagi kamchiliklar to‘g‘risida xabar berish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
4. SHaxsan (rahbariyat ruxsati bilan) yoki o‘zining bevosita rahbarining topshirig‘iga ko‘ra bo‘linma rahbarlari va mutaxassislaridan o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot hamda hujjatlarni talab qilish.
5. Maktab-internati rahbariyatidan o‘z lavozim majburiyatlari va huquqlarini bajarishga ko‘maklashishni talab qilish.
Dostları ilə paylaş: |