U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə21/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
малака талаблари мактаб yangi

II. Lavozim majburiyatlari
Oshpaz:
1) taomlar va pazandachilik mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi;
2) sabzavot va yorma mahsulotlarini pishiradi;
3) mahsulotlarni suzgichdan o‘tkazadi, qirg‘ichdan o‘tkazadi, aralashtiradi, qiymalaydi, tugadi;
4) bulon, sho‘rvalarni qaynatadi;


III. Huquqlari
Oshpaz quyidagi huquqlarga ega:
1) tashkilot rahbariyatining uning faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lgan qarorlari loyihalari bilan tanishish;
2) rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun tashkilot faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish;
3) vakolati doirasida o‘z lavozim majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan barcha kamchiliklar haqida bevosita rahbariga xabar berish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
4) maktab-internati rahbariyatidan o‘zining lavozim majburiyatlari va huquqlarini bajarishda ko‘maklashishni talab qilish;
IV. Javobgarligi
Oshpaz quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
1) amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan doirada mazkur lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik);
2) amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan doirada o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar;
3) amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan doirada tashkilotga moddiy zarar etkazganlik;


14-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati omborchisining
lavozim malaka tavsiflari


I. Umumiy qoidalar
1. Ombor mudiri boshqaruv xodimlari toifasiga tegishli bo‘lib, maktab-internati direktorining buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi.

2. Ombor mudiri lavozimiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga va ombor mudiri lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.


3. Ombor mudiri o‘z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:


- ombor xo‘jaligini tashkil etish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallarga;
- tovar-moddiy boyliklarni saqlash standartlari va texnik shartlariga;
- maktab-internati ustaviga;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga; maktab-internati direktori buyruqlariga;
- mazkur lavozim yo‘riqnomasiga.

4. Ombor mudiri quyidagilarni bilishi kerak:


4.1. Ombor xo‘jaligini tashkil etish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallarni.
4.2. Tovar-moddiy boyliklarni saqlash standartlari va texnik shartlarini.
4.3. Tovar-moddiy boyliklarning turlari, miqdorlari, markalari, navlari va boshqa sifat tavsiflarini va ularni sarflash me’yorlarini.
4.4. Ortish-tushirish ishlarini tashkil etishni.
4.5. Tovar-moddiy boyliklarni saqlash hamda joylashtirish qoidalari va tartibini, ularni hisobga olish bo‘yicha nizomlar va yo‘riqnomalarni.
4.6. YUklarni tashish va saqlash, omborning xonalari va uskunalarni ijaraga berish shartnomalari shartlarini.
4.7. Ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob qilish tartibini.
4.8. Hisoblash texnikasi, kommunikatsiyalar va aloqadan foydalanish qoidalarini.
4.9. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish asoslarini.
4.10. Mehnat qonunchiligining asosiy qoidalarini.
4.11. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoyalanish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalarni.

5. Ombor mudiri bevosita rahbarga bo‘ysunadi.


6. Ombor mudiri ishda bo‘lmagan vaqtda (kasallik, ta’til, xizmat safari, boshqalar) uning majburiyatlarini o‘rinbosari (bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda - belgilangan tartibda tayinlangan shaxs) bajarib, u zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladi.





Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin