U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari


Kutubxona jamg‘armasini shakllantirish va saqlash bo‘yicha



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə13/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

Kutubxona jamg‘armasini shakllantirish va saqlash bo‘yicha:

-“Maktab kutubxonalari uchun kutubxonachilik texnikasi minimumi”ga muvofiq fond hisobini yuritadi;


-olingan hujjatlarga texnik ishlov berishni tashkil qiladi;
-jamg‘arma tarkibini va undan foydalanishini o‘rganadi va tahlil qiladi;
-ochiq olinadigan kutubxona jamg‘armasining saqlanishi bo‘yicha oldindan tadbirlarni belgilaydi, hujjatlarning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun choralar ko‘radi;
-jamg‘armaning to‘g‘ri joylashtirilishini kuzatib boradi;
-o‘quvchilar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, muassasaning boshqa xodimlari,ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni kutubxonaga a’zo qiladi va kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni ta’minlaydi;
-kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va kutubxona jamg‘armasi saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
-maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini ta’minlaydi;
-kutubxona jamg‘armasini tokchali va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli ko‘rgazmalar yordamida rasmiylashtiradi;
-kutubxonaning kitob va boshqa jamg‘armalariga kitobxonlarning (foydalanuvchilarning) aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yo‘qotish yoki buzish bilan bog‘liq etkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda undirib olish choralarini ko‘radi;
-umumta’lim muassasasi g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida, kasaba uyushmalari hamda fan o‘qituvchilari hamkorligida tadbirlar o‘tkazadi;
-darsliklar fondini saqlash uchun alohida xona ajratadi va darsliklar fondini hisobga olish, saqlash kutubxona hisobidan chiqarish, ularni sinflar bo‘yicha qayta taqsimlashni muassasa rahbarligida amalga oshiradi;
-darsliklar fondini saqlash bo‘yicha ishlashni ta’minlaydi.


Kutubxona kengashi

-kutubxona faoliyatini o‘quv-tarbiyaviyishlar bilan muvofiqlashtirish uchun kutubxona kengashi tuziladi;


-kutubxona kengashi kitobxonlarga kutubxona, axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga ko‘maklashadi.
-kutubxona kengashiga muassasa rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
-kutubxonaning ish rejasini tuzishda qatnashish, kutubxona ish rejalari va hisobotlarini muhokama etadi;
-kutubxona fondini hisobidan chiqarilayotgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi;
-muassasada o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ko‘maklashadi va qatnashadi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin