2
2.1. 3D Studio Max dasturida ob’yektlar yaratish______________________15
2.2. Yorug`lik manbalarini yaratish_________________________________19
2.3. Berilgan yo`l bo`yicha harakat_________________________________24
2.4. Ob’yektning aks ettirilish rejimini tanlash________________________30
2.5 Ob’yektlardagi oddiy amallar __________________________________34
Variant topshiriqlari_____________________________________________39
Xulosa________________________________________________________40
Foydalanilgan adabiyotlar________________________________________43
Kirish
Bitiruv i
shining dolzorbligi. Bizga ma`lumki o`quvchi ko`rish
sezgisi orqali,
eshitish sezgisiga nisbatan ko`proq axborotni qabul qiladi va uning mazmunini, tub
mohiyatini yaqqol ko`ra oladi. Bu esa o`z navbatida ustoz-pedagoglarning biron-
bir elementni og`zaki tushuntirishdan ko`ra, uni ko`rgazmali namoyish
etish usuli
bilan ma`lumotni o`quvchining ongiga oson va tez yetkazish usul hamda yo`llarini
qidirib topishlariga undaydi.
Butun dunyoda axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarining texnik va
dasturiy ta’minotlarining gurkirab riovojlanib borayotgan bir davrda
yashamoqdamiz. Shaxsiy kompuyuterlar qamrab olmagan sohalarning o’zi
qolmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Kompyuter grafikasi
elementlari ham xalq
xo’jaligining barcha sahalarda keng qo’llanilmoqda. Uch o`lchovli grafika ilmiy
tekshirish institutlarida,
injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning kompyuter
3
modellarini qurishda, reklamalarda, arxitektura-loyihalash
ishlarida, tasviriy
san’atda, televideniyada va dizaynerlik ishlarida keng qo`llaniladi. Uch o`lchovli
grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli
yo`nalishdir. Uch o`lchovli grafika bilan ishlovchi
foydalanuvchi loyihalash,
yoritish, ob`ektlar va kameralarni ko`chirish, tovush va namoyish effektlardan
foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo`lishi kerak. Bu yerda foydalanuv-
chilar shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, anima-
namoyish tog`risida ma`lumotlarni hosil qilishni va shu kabilarni o’zlashtirgan
bo’lishi kerak. Oxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o`lchovli 3D
modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko`p tarqaldi. Shu davrda ishlab
chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX grafik paketidir.
Chunki u bir tomondan 2D va 3D vektorli ob`ektlar
bilan ishlash imkoniyatini
bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr
sifatida yoki videotasmada olinadi. Bunday muammolarni hozirgi kunda hayotga
bevosita
tadbiq etishda, bir qator olimlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan
salmoqli ishlar olib borilmoqda.