5
Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv ishi kirish, 2 ta bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan tashkil topgan. Umumiy hajmi
47
bet.
I bob. 3D Studio MAX dasturi haqida umumiy tushunchalar
1.1. 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha
3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilish-
ning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi.
Bu dastur yordamida yuqori
sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mum-
kin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum
fanlar
bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
6
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Bu-
ning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda
kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz.
Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va
yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin.
Ob’yekt sirti uchun turli
material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan
shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi.
Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni
harakatlantirib, kichik animasiya
hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya}
tugmasini bosib, kadrlarni
o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra
animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi.
Natijada kadrlar almashinib,
animasiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko’rinishida komp’yuter
xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida
o’qishimiz mumkin. Fayl
*.avi kengaytmali formatda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: