13
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob`ektlarga tashqi kuchlar ta`sirini
ifoda-
laydi, bu - ma`lum ob`ektlarga ta`sir ko`rsatuvchi kuchlar maydoni deformasiyasi,
yoki ob`ekt bo`laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to`lqinlarni keltirish mumkin.
9-rasn. Tana a`zolariga ajratildi.
Materiallar sirtning namoyishi xususiyatlarini, ya`ni
sirtning sahna yoritil-
ganligi bilan munosabatini aniqlaydi.
Sirtlarning quyidagi xususiyatlari materiallarning yorug`lik bilan munosabatini
aniqlaydi:
rang (color);
shaffoflik (transparency);
silliqlik (shiness)
nurning sinish koeffisenti (refractive index) .
14
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va silliqlik
yordaraida sirtdan shu`lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi.
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Materialni aniq rangini aniqlash.
Rangning to`qliq darajasi.
Rangning yorug`lik darajasi.
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini juda
aniq berish kerak. Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli materiallar
andoza (shablon) lari ishlatiladi. Andozalardan foydalanish dizayner ishini keskin
osonlashtiradi. Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzor) tushirish uchun dasturlarda
teksturali xaritalar (dekorativ bezak — maps) ishlatiladi. (Masalan devorga terilgan
g`isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum) . Oldindan tayyorlangan teksturalar
har xil turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,..) saqlanishi yoki ularni tez qurish
qoidalari ko`rinishida saqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: