«Uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish dasturi 3d studio max» Imomqoriev H. M



Yüklə 84,21 Kb.
səhifə7/25
tarix05.09.2023
ölçüsü84,21 Kb.
#141618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
«Uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish dasturi 3d studio max-fayllar.org

4-rasm. Poligonal ob`ektlar. 

5-rasm. Beze sirti. 


Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho`qqilarining joylashishi bilan silliq 
sirtlardir. Bu cho`qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan



11 

qo`shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini aniq-
laydi.

Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirishiga qara-


may, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob`ektlarni modellashtirish mumkin.

NURBS sirtlar - bir jinsli bo`lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda ishla-
tiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to`rt o`lchovli 
bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho`qqi, uchta X, Y, Z koor-
dinatadan tashqari qo`shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega. Cho`qqining o`rni 
va nisbiy vaznini o`zgartirish orqali ob`ekt shaklini aniq boshqarish mumkin.


6-rasm. NURBS sirti. 
Murakkab ob`ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo`yilgan ikki 

yoki undan ko`p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzil-


gan shakllar chiziq yoki sirt bo`lishi mumkin. 


Dinamik ob`ektlar (dynamic objects) - ularga qo`yilgan tashqi kuchlar
ta`sirida harakatga keluvchi ob`ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob`ekt 
harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik
ob`ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o`xshash yoki ulardan farq qiluvchi 
usullari qo`llaniladi.

Nogeometrik ob`ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko`rishni da-
vom ettiramiz. Quyidagi ob`ekt turlarini qarash e`tiborga loyiq. 
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishla-
tiladi. Turli algoritmlar yorug`lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqta-
dan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug`-



12 

lik; yo`naltirilgan manbadan chiquvchi yo`naltirilgan nur. Bunda manbalardan chi-
quvchi nur turli rangda bo`lishi, ma`lum masofadan keyin pasayishi shuningdek 
ob`ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.



Yüklə 84,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin