11
qo`shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini aniq-
laydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirishiga qara-
may, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob`ektlarni modellashtirish mumkin.
NURBS sirtlar - bir jinsli bo`lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda ishla-
tiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to`rt o`lchovli
bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho`qqi, uchta X, Y, Z koor-
dinatadan tashqari qo`shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega. Cho`qqining o`rni
va nisbiy vaznini o`zgartirish orqali ob`ekt shaklini aniq boshqarish mumkin.
6-rasm. NURBS sirti.
Murakkab ob`ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo`yilgan ikki
yoki undan ko`p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzil-
gan shakllar chiziq yoki sirt bo`lishi mumkin.
Dinamik ob`ektlar (dynamic objects) - ularga qo`yilgan
tashqi kuchlar
ta`sirida harakatga keluvchi ob`ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob`ekt
harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa
dasturlarda geometrik
ob`ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o`xshash yoki ulardan farq qiluvchi
usullari qo`llaniladi.
Nogeometrik ob`ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko`rishni da-
vom ettiramiz. Quyidagi ob`ekt turlarini qarash e`tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni
ifodalashda ishla-
tiladi. Turli algoritmlar yorug`lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi:
bir nuqta-
dan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug`-
12
lik; yo`naltirilgan manbadan chiquvchi yo`naltirilgan nur. Bunda manbalardan chi-
quvchi nur turli rangda bo`lishi, ma`lum masofadan keyin pasayishi shuningdek
ob`ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: