Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


-bob. Magnit kattaliklarni o‘lchash



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə40/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

7-bob. Magnit kattaliklarni o‘lchash. 

7.1 Noelektrik kattaliklarni elektrik o‘lchash 

Keyingi yillarda noelektrik kattaliklarni elektrik usul bilan o‘lchashdan


o‘lchash texnikasida keng foydalanilmokda.
Ko‘pgina hollarda noelektrik kattaliklarni o‘lchash uchun noelektrik
kattalik unga bog‘liq bo‘lgan elektrik kattalikka aylantiriladi va uni o‘lchash
orqali noelektrik kattalik aniqlanadi.
Noelektrik kattalikni elektrik kattalikka aylantiradigan
o‘lchash
qurilmasining elementi o‘zgartirgich yoki datchik deb ataladi. Datchiklar ikki
asosiy guruhga bo‘linadi:
1) Noelektrik kattalikni R, L, C va M elektrik parametrlardan birortasiga
aylantiruvchi parametrik o‘zgartirgichlar;
2)
noelektrik
kattalikni
E.Yu.K

ga
aylantiruvchi


generatorli
o‘zgartirgichlar.
Ba’zi parametrik o‘zgartirgichlar quyidagicha ishlaydi:
1) reostatli o‘zgartirgichlarda o‘lchanadigan noelektrik kattalik uning
harakatchan kontaktiga (dvijogiga) ta’sir ko‘rsatib, uning vaziyatini, binobarin,
reostatning qarshiligini o‘zgartiradi;
2) termo qarshilikli o‘zgartirgichlarning ishi sim va yarim o‘tkazgichlar
qarshiligini haroratga bog‘liqligiga asoslanadi;
3) simli o‘zgartirgichlarning ish prinsipi sim deformatsiyalanganda uning
qarshiligi o‘zgarishiga asoslangan;
4) elektrolitik o‘zgartirgichlarning ishi elektrolit eritmasining elektr
qarshiligi, uning konsentratsiyasi o‘zgarishiga asoslangan;
5) induktiv o‘zgartirgichlarda datchik biror qismining o‘lchanayotgan
kattalik ta’sirida o‘zgarishi o‘zgartirgichning induktivligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
6) magnitoelastik o‘zgartirgichlar - ferromagnit o‘zagi magnitkirituvchanligi
(magnitsingdiruvchanligi)ning
o‘zakka
ta’sir
ko‘rsatuvchi
mexanikaviy
kuchlanishlarga bog‘liqligidan mexanikaviy kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladi;




81
7) sig‘imli o‘zgartirgichlar datchik sig‘imining kuch, bosim, chiziqli


siljish, burilish burchagi, modda miqdori, namlik ta’sirida o‘zgarishiga asosan
shu kattaliklarni o‘lchashda foydalaniladi;
8) fotoelektrik o‘zgartirgichlar - fototok hosil qilish yoki chastotalari
o‘lchanayotgan kattalikka bog‘liq bo‘lgan impulsli fototok hosil qilib, chiziqli
o‘lchamlarni, haroratni, suyuklikning hamda gazli muxitning shaffofligi va
xiraligini o‘lchashda qo‘llaniladi;
9) ionizatsion o‘zgartirgichlar - ionlovchi tokning bir qator faktorlarga
bog‘liqligidan gazni analiz qilish va uning zichligini aniqlash, buyumlarning
geometrik o‘lchamlarini bilishda qo‘llaniladi.
Generatorli o‘zgartirgichlar ishlash prinsipiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1. Termoelektrik o‘zgartirgichlar - bunda termo E.Yu.K ning vujudga
kelishi va uning haroratga bog‘liqligidan haroratni o‘lchashda foydalaniladi.
2. Induksion o‘zgartirgichlardan o‘lchanayotgan noelektrik kattalikni
induksiyalangan E.Yu.K ga aylantirib, tezlik, chiziqli va burchakli siljishlarni
o‘lchashda foydalaniladi.
3. Pezoelektrik o‘zgartirgichlar - mexanikaviy kuch ta’sirida E.Yu.K
vujudga kelish xodisasidan foydalanib, bosimni va buyumlarning geometrik
o‘lchamlarini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Biz quyidagi o‘zgartirgichlarning ba’zilari xaqida mufassalroq to‘xtab
o‘tamiz.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin