O‘zgartirish Funksiyasi, Graduirovka Xarakteristikasi, Xatoligi, O‘lchash diapazoni kabi umumiy xarakteristikalar bilan
xarakterlanadi.
GOST 8009-84 ga ko‘ra, o‘zgartirish funksiyasi -
O‘O‘ chiqish signali
informativ parametrining kirish signali informativ parametri bilan funksional
bog‘liqligi
ANALITIK , JADVAL VA GRAFIK KO ‘
RINISHIDA IFODALANADI .
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro
bog‘liqligi O‘O‘ning graduirovka xarakteristikasi deyiladi.
U ifoda, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ NING XATOLIGI haqiqiy va nominal(o‘lchangan) o‘zgartirish funksiyalari
orasidagi farq bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi.
O‘O‘ NING O ‘
LCHASH DIAPAZONI deb, o‘lchash xatoligi normallashtirilgan
o‘lchash kattaligining qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘O‘ning yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan tashqari parametrlarning
mo‘tadilligi, ishonchliligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa
parametrlari ham o‘rganiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikasiyasi O‘O‘ vazifasi va ishlash prinsip(tamoyil)iga ko‘ra klassifikasiyalanadi. Ular
vazifasiga ko‘ra
MEXANIK , GIDRAVLIK , ISSIQLIK , KIMYOVIY , BIOLOGIK , PNEVMATIK
va
BOSHQA KATTALIKLAR
O‘O‘
GA BO ‘
LINADI . Generator O‘O‘ da o‘lchanayotgan
noelektrik kattalik unga proporsional bo‘lgan E.Yu.K yoki tokka o‘zgartiriladi.
Ularga elektromagnit, induksion, termoelektrik (termojuftliklar) Pezoelektrik
va galvanomagnit O‘O‘
kiradi. Parametrik O‘O‘
da o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik
va sig‘im
kabi elektr zanjirining
84
parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga
elektromagnit (induksion, transformator
va magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistorlar, fotodiodlar va
fototranzistorlar), elektrokimyoviy (elektrolitik), rezistiv
va elektrostatik O‘O‘
kiradi.