O‘lchanadigan materiallar xossalarini va ushbu maqsad uchun
qo‘llanadigan sath datchiklarining konstruktsiyasini aniqlash.
Suyuqliklar sathini o‘lchash bo‘yicha oddiy asbob ko‘rsatuvchi oynalar,
ya’ni tutash idishlar kabi ishlaydigan elementlar qo‘llanadi.
O‘lchashlarning usuli bo‘yicha sath o‘lchagichni beshta asosiy guruhga
ajratish mumkin: qalqovuchli, gidrostatik sath o‘lchagich, ularning ishlashi
suyuqlik qatlamining statik bosimi yoki sathlar farqini o‘lchashga asoslangan;
turli rusmdagi elektrli, radioizotopli va ultratovushli sath o‘lchagich.
Qalqovuchli sath o‘lchagich (8.21-rasm,a) jihozining soddaligi uchun ham
keng tarqalgan. Ularning asosiy elementi bo‘lib ichi bo‘sh idish ko‘rinishiga ega
suyuqlikning yuzida suzib yuruvchi P qalqovich xizmat qiladi.
Qalqovich D potensiometning surgichi bilan mexanik bog‘langan. Qalqovich
holatini o‘zgartirganida D potensiometr surgichining siljishi yuzaga keladi va
shkalasi sathning o‘lchov birligida darajalangan IP asbobning kuchlanishini
o‘zgartiradi.
110
8.21-rasm. Sath o‘lchagichlarning sxemalari:
a — qalqovuchli reostati bilan; b —sig‘im datchikli.
Sig‘imli sath o‘lchagichlarning ishlashi o‘lchanayotgan muhitga tushirilgan
kondensator sig‘imining cheklanishiga asoslangan. Sig‘imli sath o‘lchagichning
sezgir elementi bo‘lib (8.21-rasm, b) suyuqlik sathi o‘zgarganida o‘zining
sig‘imini o‘zgartiradigan kondensator hisoblanadi. Sezgir element (datchik) 1
izolyatsiali material bilan qoplangan 2 metalli sterjendan(elektroddan) iborat.
Aniqlash muhiti ichiga joylashtirilgan, suyuqlikning h sathiga bog‘liq, idishning
devorlari bilan birgalikdagi sig‘imi kondensator hosil qiladi.
Ultratovushli sath
o‘lchagichlarning ishlash tamoyili
tovushli
to‘lqinlarining suyuqlik - havo (gaz) chegarasidan ortga qaytishiga asoslangan.
Mazkur holatda suyuqlikning sathini aniqlashda kattaliklari uzatish va qabul
qilish oraliqdagi impuls vaqti o‘lchanadi.
Sathning konduktometrik datchiklari ishlashi (yoki elektrodli sath
o‘lchagich), ularda, jismlar ichida turli sathlarga botirilgan elektrodlar ikkilamchi
asbobga signal uzatadi, sathning datchiklari elektro‘tkazuvchan suyuqlik orqali
(8.22-rasm) elektrli zanjirini berkitish yoki ajratishga asoslanib ishlaydi.
Sath rostlagich datchiki uchta A, B, C, elektrodli bloklar ta’minot va
boshqarish (pasaytiruvchi Tr transformatorni ulovchi,
VD
to‘g‘irlagich,
MIT
magnitli ishga tushirgich,
KM
elektromagnitli rele va T tranzistor) va nasosning
elektr yuritkichi (elektromotor(yuritkich) sxemada ko‘rsatilmagan) kabi
elementlaridan iborat. Sathning yuqorigi chegarasi - C, pastkisi — A, B
elektrodli.
111
8.22-rasm. Elektrodli datchiklarga ega bo‘lgan sath rostlagichi.
Agarda suvning sathi C elektrodidan pastda bo‘lsa, tranzistor bazasiga
kuchlanish uzatilmaydi va rele
KM
ulanadi(yoqiladi). Bunda
MIT
magnit ishga
tushirgich g‘altagi rele
KM
ajratuvchi kontakti orqali ta’minot oladi, nasosning
motor(yuritkich)ini ulaydi va suvning sathi ortadi. Suyuqlikning C elektrod
bilan tegish onda tranzistor bazasining zanjiri berkiladi(qisqa tutashadi) va rele
ulanadi. Uning blok-kontakt BR qo‘shiladi, magnitli ishga tushirgichning
ajratuvchi kontakti esa R orqali ta’minot zanjirini ajratadi, u o‘z vaqtida
nasosning motor(yuritkich)ini tarmoqdan uzadi. Qachonki suvning sathi A, B
elektrodlargacha tushganida, tranzistor bazasining zanjiri yana ajraladi, rele
o‘chiriladi. Unda motorining(yuritkichning) magnitli ishga tushirgich ajratuvchi
kontakti yoqiladi va davr(sikl) takrorlanadi.
Gidrostatik sath o‘lchagichda suv ustunining statik bosimi o‘zgarishiga
bog‘liq ravishda sathni o‘lchashadi. Bu kabi sath o‘lchagichlarning bir qator
membranali va silfonli turlari tuzilishi mavjud.
Ochiq idishalar va kanalizatsiyalar suv ta’minoti tizimi suv sathini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan sathlarning TU-2-AKX teleo‘lchash tizimi ishlab
chiqilgan. O‘lchash sathning suv ustunining gidrostatik bosimi ta’sirida silfon
ko‘rinishdagi sezgir elementning siljishiga asoslangan. Fotoelektronli rostlagich
FER-1-AKX bilan birgalikda telesath o‘lchagich suvning sathini avtomatik
rostlash imkonini beradi.
To‘kiluvchan(donador) va bo‘lak-bo‘lak(parcha-parcha) materiallarning
sathini o‘lchash ancha qiyin, chunki ular gorizontal yuza bilan sig‘im hosil
qiladi, o‘zini tutishi Paskalning qonuniga mos kelmaydi, ushbu materiallar
112
devorlar yonida yopishib qolishi yoki suvning oqimiga g‘ov hosil qilishi mumkin,
ba’zida bu kabi qalin materiallar devori orqali signallar(xabarlar) o‘tmaydi,
yuklash(to‘latish) va yuksizlashda(bo‘shatishda) datichiklar nosoz holatga kelishi
mumkin.
Ko‘rsatilgan qiyinchiliklar bu kabi datchiklarni yaratishda foydalanish
mumkin bo‘lgan prinsiplar sonining cheklanishiga olib keladi. Radioizotopli sath
o‘lchagichlarning ishlash tamoyili turli zichlikdagi jismlarning
γ
–nurlarni
yutishiga asoslangan. Havoga qaraganda suyuqlikda, nurlanishning iste’molchisi
tomonidan qaydlanadigan,
γ
- nurlarning yutilishi sezilarli darajada katta(ko‘p)
bo‘lganligi uchun ham, suyuq yoki qattiq to‘kiluvchan jismlarning sathi haqida
xulosa qilinadi.
8.23-rasm. Radioizotopli satho‘lchagichning tamoyilli sxemasi.
γ
- nurlanishlarini qo‘llash to‘kiluvchan material yoki suyuqlikning ular bilan
bevosita kontakt qilmasdan ham sathini o‘lchash imkonini beradi. Kuzatuvchi
tizimlar eng aniqlaridan hisoblanadi. Bu kabi tizimlar
γ
– nurlanishlarining
manbaasi bo‘lib (8.23-rasm) So 60 yoki Ss137 hisoblanadi.
γ
- nurlanishlarning
manbaasi va iste’molchisi P to‘kiluvchan material yoki suyuqlikning sig‘imi
bilan bir-biriga nisbatan diametral qarama-qarshi joylashadi.
γ
– nurlanishlarning
oqimi, iste’molchiga kelib tushib, unda tok hosil qiladi. Bu tok U kuchaytirgich
bilan kuchaytiriladi va reversiv motor(yuritkich) M ga uzatiladi, mazkur jihoz
113
mexanik uzatma orqali bir vaqtning o‘zida manbaa va iste’molchi nurlanishini
vertikal(tik) o‘q bo‘yicha shunday siljitadiki, ular aynan bir sathda bo‘ladi.
Motorning(yuritkichning) aylanishi shunday yo‘naltirilganki, aynan manbaa va
iste’molchi, muhitlar sig‘imi
γ
- nurlanish oqimini to‘sib qolgunga qadar,
tushirilsin. Bu esa iste’molchining tokini kamaytiradi, va kuchaytirgich
dvigatelni(motorni) reverslash uchun buyruq beradigan ta’sirni uzatadi. So‘ngra
ushbu manbaa va iste’molchi yuqoriga,
γ
-nurlanishlarning oqimi muhit sig‘imidan
chiqib ketgancha va iste’molchiga tushgunga qadar, motor(yuritkich) teskari
tomonga aylanib boshlaydi. Motorning(yuritkichning) vali(o‘qi) orqali reduktor
ko‘rsatkich
bilan
bog‘langan,
bu
esa
sig‘imning
to‘lganligi
haqida
vizual(ko‘rinuvchi) axborotga ega bo‘lish imkonini beradi.
To‘kiluvchan(donador) materiallar sathining datchikini ikkita sinfga(klassga)
ajratish mumkin. Birinchi klass datchiklari sig‘imdagi material sathini uzluksiz
kuzatish
uchun
mo‘ljallangan.
Ikkinchi
klassga,
to‘kiluvchan(donador)
materialning berilgan sathga erishganida signal(xabar) beruvchi datchiklar kiradi.
Ikkinchi klass datchiklarini ko‘pincha sathning relesi deb atashadi.
Materialning sathi berilgan qiymatga erishganida ular signal(xabar)lar beradi.
Suyuqlikning turli elektrli xossalarini sathning kattaligiga mos ravishdagi
o‘zgartirishga asoslangan sezgir elementlariga ega elektrli sath o‘lchagich
asboblarning katta guruhini tashkil qiladi. Elektrli sath o‘lchagichlarda elektrodli
jihozlar eng ko‘p ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |