Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 Ossillografning ishlash tamoyili



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə45/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

1. Ossillografning ishlash tamoyili 
Elektron nurli naycha(ENN) qurilmaning "yuragi" hisoblanadi. (8.2-rasm.)
ENN elektron lampa(chiroq) hisoblanadi, va, barcha lampalar singari
vakuum bilan “to‘ldiriladi”. Katod elektronlarni chiqaradi(nurlaydi) va
markazlashtiruvchi(fokuslovchi) tizim esa ulardan ingichka nurni hosil
qiladi(shakllantiradi).
Ushbu elektron nur lyuminofor bilan qoplangan ekranga uriladi, ekran esa
elektronli bombardirovkalash ta'siri ostida nurlanadi, hamda ekranning
markazida yorqin nuqta paydo bo‘ladi. ENNning ikki juft plastinkalari elektron
nurini koordinatalar o‘qi deb qaralishi mumkin bo‘lgan ikkita o‘zaro vertikal
o‘qlar yo‘nalishda og‘diradi(harakatlantiradi). Shu sababli, ENN ekranida tadqiq
qilinayotgan kuchlanishni kuzatish uchun gorizontal o‘qi bo‘ylab vaqtga
proportsional ravishda va vertikal o‘qi bo‘ylab – tadqiq qilinadigan kuchlanishga
proportsional(mutanosib) ravishda yo‘naltirish kerak.

8.2-rasm. Elektrostatik boshqarishga ega bo‘lgan elektron nurli naycha qurilmasi.






89
Gorizontal og ‘dirish plastinalari (vertikal holda joylashgan) yoyish(tarama)


kuchlanishi beriladi. U arrasimon shaklga ega: u asta-sekin o‘sib boradi va tezlik
bilan(keskin) tushadi (8.3-rasm). Manfiy kuchlanish nurni chap tomonga, musbat
kuchlanish esa - o‘ng tomonga(ekranning yon tomonida ko‘rinadigan) og‘diradi.
Natijada, nur, ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga ma'lum bir o‘zgarmas tezlik bilan
harakat qiladi, keyin ekranning chap chegaralariga juda tez(keskin) qaytadi va
harakatini takrorlaydi. Nurning gorizontal o‘q bo‘ylab o‘tadigan masofasi vaqtga
proportsional(mos keladi). Ushbu jarayonni yoyish deb ataladi va nur ekran
bo‘ylab
chizilgan
gorizontal
chiziqka
(hatto
ba'zan
o‘lchovlarda
nolinchi(boshlang‘ch) qator deb ataladi) yoyish liniyasi deyiladi. Grafikning

vaqt o‘qi rolini bajaradi. Arrasimon impulslarining takrorlanish tezligiga yoyish
chastotasi deyiladi, ammo u o‘lchash uchun ishlatilmaydi. O‘lchashlar uchun biz
quyida muhokama qilinadigan yoyish tezligini bilishinmiz kerak.

8.3-rasm. Yoyish kuchlanishining shakli.


Vertikal og‘dirish plastinalariga(gorizontal joylashgan) tadqiq qilinadigan
kuchlanish berilsa, u holda nurlar vertikal yo‘nalishda ham og‘adi: musbat
kuchlanishda yuqoriga va manfiy kuchlanishda pastga tushishi bilan. Nur vertikal
va gorizontal ravishda bir vaqtning o‘zida harakatlanadi va natijada,
o‘rganilayotgan signalvaqt bo‘yicha "yoyiladi". Olingan tasvir ossillogramma
deyiladi. Aslida, liniyaliga qo‘shimcha ravishda, aylanasimon va spiralsimon
yoyishlar ham mavjud, shuningdek, Lissaju shakllari ham mavjud. Lekin biz
bularga batafsil to‘xtamaymiz.




90
Yoyish va signal chastotalarining nisbatini kuzatish(o‘rganish) muhim


hisoblanadi. Agar bu chastotalar to‘liq teng bo‘lsa, u holda ekranda tekshirilgan
signalning to‘liq bir davri ko‘rsatiladi(tasvirlanadi). Agar signal chastotasi yoyish
chastotasidan ikki marta ko‘p bo`lsa ekranda ikkita davr tasvirini ko‘ramiz, uch
marta ko‘p bo`lsa esa ekranda uchta davr tasvirini ko‘ramiz. Agar signal
chastotasi yoyish chastotasidan ikki marta kam bo`lsa(signal davrining yarmini
tashkil
qilsa),
signalning
faqatgina
yarmi
ko‘rinadi.
Yoyishning
chastotasi(davrtezligi) keng chegaralarda rostlanishi(sozlanishi) mumkin.
Biroq, agar yoyish va signal chastotalari aynan bir xil bo‘lsa, tasvir
tiniq(barqaror) bo‘ladi. Chastotalarning eng kichik mos kelmasligi tufayli, nurni
ekranning har bir boshi kirish signali funksiyasining yangi nuqtasiga to‘g‘ri keladi
va uning grafigi har safar yangi holatga tushadi. Chastotalarning kichik mos
kelmasligida (Gertsning ulushi qadar), chap yoki o‘ngga "suzuvchi" grafiklarning
hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar chastotalarning mos kelmasligi bir necha gerts
yoki undan ko‘p bo‘lsa, osillogramma o‘qilmaydigan tasvirga keladi(8.4-rasm).

8.4-rasm. Sinxronizm mavjud bo‘lmagandagi ossillogramma.


Lekin chastotalarning mutlaqo aniq mos tushishiga erishish deyarli mumkin
emas (ayniqsa, o‘nlab yoki yuzlab kilogertslarda). Shuning uchun ossillografdagi
yoyishni maxsus sinxronizatsiyalash sxemasi nazorat qiladi. Bu moslama nur




91
harakatlanishni boshlashi uchun ekrandagi nurning harakati boshlanishini, kirish


kuchlanishi muayyan qiymatga yetgan vaqitgacha, kechiktiradi.
Mazkur holatda, nur har safar kirish signali grafigidagi aynan bir xil
nuqtadan harakatlanishni (va ossillogrammani(to‘lqin shaklini) chizishni)
boshlaydi. Natijada, har bir keyingi nur harakati signalni va yoyishning
chastotalari sezilarli darajada to‘g‘ri kelmasa ham, rasmni bir xil holatda
tasvirlayi(chizadi).
Barqaror va turg‘in rasm hosil bo‘ladi. Sinxronizatsiya sodir bo‘lgan
signalning kuchlanishi (sinxronizatsiya darajasi) ossillograf nazorati bilan
o‘rnatiladi. Vizual ravishda ushbu kuchlanishdagi o‘zgarish ko‘rsatilgan grafikning
boshlanish davri signal davri boshlanishiga nisbatan siljishga olib keladi(8.5-
rasm.).

a)
b)


c)
8.5-rasm. Turli xil sinxronlash darajalarida ossillogrammalar.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta signallarni kuzatish uchun bugungi kunda ko‘p
yo‘lli va ko‘p kanalli ossillograflar ishlab chiqarilmoqda. Odatda kanallar soni
ikkitadir (aks holda ossillogrammani olish juda qiyin va qimmat bo‘ladi). ENN
ikkita nurli Ossillograflar umumiy ekranda ikkita nur bilan bir vaqtning o‘zida
ishlaydi, bu ikki signalni mutlaqo mustaqil ravishda kuzatishga imkon beradi.
Ammo bunday asboblar(o‘lchash qurilmalari) murakkab va qimmat. Shuning
uchun ikkita kanalli Ossillograflar keng tarqalgan. Ularning ENNlari eng oddiy




92
(keng tarqalgan). Lekin ular ikkita kirishga hamda kiruvchi signallarga xizmat


qiluvchi ikkita alohida mustaqil vertikal og‘diruvchi kuchaytirgichlarga
ega.Bundan tashqari, ular ENN (vertikal og‘dirish plastinkalari)ni bir kanaldan
ikkinchisiga juda tezlik bilan o`tkazish bilan ajralib turadigan yuqori tezkor
kalitlarga(kommutatorlarga) ega. Signalning tasviri uzluksiz chiziqlar emas, balki
ko‘plab iborat. Biroq, ekranda shtrixlar birlashadi va natijada, kirish signallarining
ikkita mustaqil grafiklari hosil bo‘ladi. Faqat yuqori chastotali signallar
kuzatilganida va yoyishning muvaffaqiyatsiz chastotasida tasvir uzuq
chiziqlardan(shtrixlardan) iborat bo‘ladi.

Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin