Udk: 331. 526 Jumayev Sulaymon Urol o‘g‘li



Yüklə 203,25 Kb.
səhifə3/7
tarix17.10.2022
ölçüsü203,25 Kb.
#65284
1   2   3   4   5   6   7
I-bob 2022

5

Xulosa

2023 yil may

6

Foydalanilgan adabiyotlar

2022 yil fevral



Ilmiy rahbar: i.f.n..A.Qurbonov


I-501-21 guruh magistratura
talabasi: S.U.Jumayev
I bob. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va samarali rivojlantirish yo’llarining nazariy, ilmiy va uslubiy asoslari.

    1. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va samarali rivojlantirish yo’llari ilmiy, nazariy va huquqiy asoslari.

Iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishning dolzarb muammolaridan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish hamda rivojlantirish hisoblanadi.Buning uchun avval ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obe’ktiv qonunlaridan yuqori darajada foydalanish zarur.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida davlatning eng asosiy vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimini topish, mavjud davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush darajasini yaxshilash hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirishda aholini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa ayniqsa ishsizlik, norasmiy ish bilan bandlik va kambag‘allik darajasini kamaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan mazkur muammolar va ularning yechimlari aniq ko‘rsatilgan: кambag‘allikni kamaytirish – bu alohida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”1.
Ma’lumki,taraqqiyot sohibi bo’lgan inson-jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi.U bir vaqtning o’zida moddiy boyliklar va xizmatlarning ham ishlab chiqaruvchisi,ham iste’mol qiluvchisi bo’lganligi sababli “ishlab chiqarish-iste’mol ” tizimida muvozanatga erishadi.
Bu o’rinda takidlash joizki,faqat faqat kishi ehtiyojini juda muhim deb bilgan va uning samarali takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi.Jamiyatning boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari,ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat,moliya,narxlar va h.klar ushbu asosiy maqsadga buysunishi kerak.
Mehnat bozori bozorning boshqa barcha tizimlari bilan uzviy bog’langan.Haqiqatdan ham,talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchida jismoniy,aqliy va kasbiy qobilayatlarning belgilangan majmuasi mujassam bo’lishi kerak.Ishlab chiqarish jarayonida bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib,u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmaslik uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim.Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish,balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’satgichlari ham yaxshilanishini rag’batlantirib borib,kelajakda qayta ishlab chiqarishga asos solishi kerak.Bundan kelib chiqadiki,mehnat bozorida raqobat hodimning mehnat qobiliyatini takomillashtiruvchi asosiy kuch sifatida mavjud bo’lishi lozim.
Boshqa tomondan,”mehnatga qobiliyatlar” egasi doimiy qayta ishlab chiqarishga ehtiyojlarni boshidan kechira turib,buning ustiga har doim yangi,eng yuqori sifat darajasida,shunday ish beruvchini qidiradiki,u bu qobiliyatlardan eng foydali sharoitlarda foydalana olsin.
Shu munosabat bilan ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi tizimda huddi shunday o’zgarishlar sodir bo’lishi,ya’ni haridorlar-mulkdorlar o’rtasida raqobat paydo bo’lishi kerak.
Faqat shunday sharoitlardagina bir tomondan,hodimning iqtisodiy faolligiga va boshqa tomondan,ishlab chiqarish vositalari egasining bozordagi iqtisodiy faolligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga umid bog’lash mumkin.
Mehnat bozorining boshqa muhim nazariy qoidasi – uni o’z-o’zini hududiy ifodalash haqidagi tasavvuri.Hodim hatto yollangandayam,o’zining “mehnatga qobiliyatlari”ni qayta ishlab chiqarish ehtiyojini doimiy kechira turib,bozor bilan aloqasini uzmaydi.
Bundan tashqari, xodim eng yaxshi sharoitlarni qidira borib, bir yollovchidan boshqasiga oʻtishga tabiiy intilishi ham mavjuddir. Amaliyotning koʻrsatishicha, ishlab chiqarish kuchlari darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, migratsion faollik ham shunchalik jadaldir. Bunda xodimlarning bir qismi mehnat bozorida vaqti-vaqti bilan paydo boʻlib, vaqtincha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi.
Bu haqida ko’plab xorijiy va o’zbek olimlari izlanish olib borishgan va o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Masalan; Prof. V. Kulakovning hisob-kitoblariga koʻra, ish bilan band boʻlganlarning katta qismi shunday harakatda boʻladi: har yili sanoatda 35% gacha, qurilishda 40% , temiryoʻl transportlarida 37% ishtirok etadi2.
Keynsman maktabining asoschisi J. Keyns oʻz konsepsiyasini «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobida bayon qilgan. U mehnat bozorini sustkash, statistik tizim sifatida koʻrib chiqadi, ishchi kuchi narxi (ish haqi)ni yetarli darajada qat’iy, deb qayd etadi. Majburiy ishsizlikning mavjudligi majmuaviy samarali talab yetishmasligi bilan asoslangan, uni budjet va kredit-pul tartibiga solishning samarali (ekspansiyanistik) choralari yo‘q kilishi mumkin. Talabning yetishmasligi mehnatga pul toʻlashning uning pasayishi tomoniga egiluvchan emasligi oqibatida vujudga keladi, buning natijasida talab pasayganda ishlab chiqarish hajmi va bandlik qisqaradi, ish haqining nominal stavkalari oʻzgarishsiz qoladi. Davlat bozorni tartibga solib boruvchi vazifasini oʻtaydi, u majmuaviy talabni oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yoʻq qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Prof. V.A. Pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band boʻlganlar va band boʻlmaganlarni qamrab oladi. A.A. Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi: «Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat oʻrtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan».
Keyingi yillarda mehnat bozori haqida aniqroq tushunchalar paydo boʻldi. Ba’zi tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini oʻzini oʻzi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa iqtisodchilar tushuntiradilarki, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarning bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchining xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi.
I.S.Maslovaning ta’rifi boʻyicha, «Mehnat bozori – oʻsuvchi tizim, unda mulkchilik subyektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositatari va ishchi kuchi)ga oʻzaro ta’sir etadi». Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli oʻzgartirilgan koʻrinishda, buning ustiga har narsani oʻz ichiga oladigan xarakterga ega boʻlmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi».
Q. Abdurahmonovning ta’rifiga koʻra, «Mehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish bilan bandlik borasida qarorlar qabul qiladigan bozor – mehnat bozori deb ataladi».
Ukrain iqtisodchisi V.F.Onishenko ham xuddi shunday nuqtayi nazarni qoʻllabquvvatlab, ta’kidlaydiki, “Oqilona bandlik, toʻliq va samarali bandlikning birlashmasidir.Oqilona bandlik oʻz ichiga quyidagilarni oladi: 1) aholining ijtimoiy foydali mehnatga ehtiyojini toʻliq qanoatlantirish; 2) ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni samarali muvofiqlashtirish; 3) ijtimoiy mehnat unumdorligining eng katta imkondagi darajasi va uning samaradorligi; 4) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ma’lum darajasida aholining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini imkoni boricha toʻliqroq qanoatlantirish”3.
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band boʻlgan va band boʻlmagan qismlari va ish beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, koʻp aspektli, oʻsuvchi va ochiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Amaliyot ko’rsatishicha ishlab chiqarish kuchlarining darajasi qanchalik yuqori bo’lsa,migratsion faollik ham jadal ko’payib boradi.Bunda xodimlarning bir qismi mehnat bozorida vaqti-vaqti bilan paydo bo’lib,vaqtincha ishlab chiqarishga ishtirok etmaydi.
Qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu muammo muvaffaqiyatli hal etilishi uchun quyidagi masalalar aniqlanib, ularning yechimini ta’minlashga qaratilishi lozim:
►qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini, istiqbolda ularning o‘zgarish (ko‘payish, kamayishi) darajasini aniqlash;
►qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo‘lgan ish joylari miqdorini mutaxassislik turlari bo‘yicha belgilash;
►qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo‘lgan ish joylarini ishlovchilar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslangan holda ishlab chiqish (kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va h.k);
►amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamma tadbirlarni, barcha resurslar bilan ta’minlovchi ishlarni amalga oshirish;
►ish bilan ta’minlanmaganlarning umumiy miqdorini aniqlash, ularni iqtisodiy, ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va boshqalar.
Ta’kidlangan muammolarning samarali hal etilishi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan mehnat jarayonini tashkil etuvchi sub’yektlar hamda iqtisodiy, ijtimoiy himoyalashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilishini taqozo yetadi. Bu masalalarni hal etish, mehnat bozori zimmasiga yuklanmoqda. Ular o‘z faoliyatlarini «Mehnat kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi hamda «Birjalar to‘g‘risida»gi qonunlar asosida yuritmoqdalar.
Qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jaligidagi) fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatini, ya’ni taklifini, ularni ishga yollash (sotib olish), ya’ni ish bilan ta’minlovchilar hamda ijtimoiy-iqtisodiy himoya qiluvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonun talablari darajasida amalga oshiradigan maskan (hudud) yoki sub’yektlarni tumanlardagi har bir mahalla fuqarolar yig’inlarida joriy etish ijobiy natijalardan biri hisoblanadi.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mehnatini taklif etayotgan fuqaro mehnat bozoriga chiqadi. U yerda mavjud bo‘lgan takliflarni o‘rganib, o‘zining intelektual qobiliyatini, mehnatini taklif etadi. Ular bir-biriga mos kelganda shartnomalar tuzilib, ishga yollanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib joriy etilmoqda. Bu vazifani qishloq hududlarida tuman hokimiyati tarkibidagi aholini ish bilan ta’minlash bo‘limi amalga oshirmoqda.
Mehnat bozorida o‘zlarining mehnat qilish qobiliyatini (intelektini) taklif etuvchilar bir tomondan, ularning shu imkoniyatlarini iste’mol etuvchi, ya’ni ishga yollovchi sub’yektlar ikkinchi tomondan uchrashib, mehnat almashuv (mehnat oldi-sotdisi) jarayonini amalga oshiradilar.
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’yektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat ayniqsa, xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning shaxsiy sharnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi.
So‘nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki, respublikamizda, bir tomondan, ishchilarni yollab ishlatish bo‘yicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan mehnatkashlar orasida ishsizlar soni oshib bormoqda.
Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bo‘lgan holda, tadqiq etishni talab qilmoqda.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko‘rib chiqaylik:
Ishchi kuchiga talabning oshirish usuli.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mullkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish, zarar keltirib ishlayotgan korxonalarni tugarish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan ishlab chiqarishdan bo‘shatilayotgan xodimlar mehnatkashlar salmog‘i ko‘paymoqda.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini tadbiq etish - mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo‘yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektoridagi ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar - sarmoyalar qo‘llanishining asosiy yo‘nalishlaridir.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda mavjudlarini qayta ta’mirlash va yangi zamonaviy ksblarni egallashga sarmoyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish orqali tartibga solish mumkin.
Dotasiyalar,subsidiyalar va kreditlarni agrosanoat majmuidagi korxonalarni, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayt aqurollntirish va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnatfaoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan ximat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko‘p bolali ayollar. Mehnatga layoqatli pensionerlar,nogironlar, o‘smirlar va boshqalarga mos ish joylarini vujuga keltirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurrslarini yuqorida aytib o‘tilgan tarmoqlarga va ayrim mahsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy va malaka tarkibiga bevosita ta’sir o‘tkazish mumkin.
Doimiy ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishning jng muhimyo‘nalashlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet to‘lovlari va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini to‘lash chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi;
Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Ishchi kuchlariga bo‘lgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularni mehnat bozoriga oqib kelishini qisartirish va boshqa joyga ketishni rag‘batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali samarali tashkil etish mumkin. Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim oladigan talaba o‘rinlarini ko‘paytirish va kechki hamda sirtqi o‘quvdagi talaba o‘rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralagan holda o‘qiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayollarga bola parvarish uchun to‘lanadigan nafaqalar va beriladigan ta’lim muddatini ko‘paytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish - mehnat bozorida ishchi kuchlarini oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo‘lgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o‘tishlarini rag‘batlantirishga ularga ham ish bilan to‘la band qilingan shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy ta’minotning turlarini, ta’tillar va ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o‘rnatish, kafolatlargan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o‘z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning ishchi kuchi yetishmaydigan mintaqalari (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da ishchi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko‘paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat:

  • Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usullari

Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo‘shimcha soliqlar belgilash;qat’iy kredit siyosatini o‘tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik to‘lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag‘batlantirish va hookazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish - raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxo‘jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida ta’minlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishning umumxo‘jalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat resurslari uchunilgari joriy qilingan to‘lovlarni qayt atiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga ko‘maklashadi. Bu xil to‘lovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qat’iy stavka shaklida o‘rnatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar o‘rnini qoplash uchun ijtimoiy sug‘urta solinadigan mahsus soliq (ikkalasi ham - mehnatga haq to‘lash fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi;

  • ishchi kuchlari taklifini ko‘paytirish usuli.

Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko‘paytirishga qayta ishlash sanoati va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va shoxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka strukturasi bo‘yicha hudud iqtisodiyotining noqishloq ishlab chiqarish tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o‘sish sur’atiga javob bermaydi. Shu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish hamda uning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik davlat xizmati tizimidagi va boshqa o‘quv yurtlaridagi xodimlarning malakasini oshirishni tashki etish, korxonalarning o‘zidagi mahsus kurslarda kasb-korga o‘rgatishni yaxshilash va ularga soliy to‘lovida imtiyozlar berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishninshg maqsadli mahsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag‘batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo‘llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo‘lib, bo‘sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta o‘qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni,ishsizlarni ro‘yxatga va hisobga olishni, kasbga yo‘naltirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehna va uy- joy shart-shaoitlarini hamda, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini o‘tkazib, ularni tartibga solish asosida tadbiq etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti lauriyati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuyelson va boshqa olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yo‘llari ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin sotilishi lozim. Shundagina u qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni tovar shaklida ayirboshlanadi.
Demak, mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarur. Bu bozorda mehnat munosabatlariyu, iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar talab va taklif iqtisodiy qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson o‘zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini taklif yetadi. Iste’molchi, ya’ni mehnatni oluvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati hisoblanadi. Insonning mehnat qilish qobiliyatiga to‘lanayotgan ish haqi shu mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasida erkin bozor iqtisodiyoti bosqichma-bosqich shakllanishi munosabati bilan mehnat va u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar ham asta-sekin hal etilmoqda. Dastavval tumanlarda mavjud bo‘lgan Mehnat resurslari bo‘limi negizida hokimiyat tarkibida Mehnat birjasi tashkil etildi. Mehnat birjalariga qishloq xo‘jaligidagi mehnat bozorini tashkil etish, uni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ular faoliyatini «Birjalar to‘g‘risida»gi qonun, o‘z Ustavi hamda yuqori tashkilotlarning me’yoriy hujjatlari asosida yuritmoqdalar.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish zarur:

  • Respublika aholisining 49 foizi qishloq hududlarida yashayotganligi munosabati bilan jami mehnat resurslarininng ko‘prog‘i qishloq hududlari zimmasiga to‘g‘ri kelishi;

  • Aholining ish bilan band bo‘lmagan qismining ko‘prog‘iqishloq hududlariga to‘g‘ri kelishini, ular tarkibida ayollar salmog‘i ko‘pligini;

  • Qishloq hududlarida aholi sonining o‘sish darajasi shaharlardagiga nisbatan yuqori ekanligini, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori sur’atlarda o‘sishiga ta’sir etishini;

  • Qishloq hududlarida sanoat korxonalari talab darajasida rivojlanmaganligini va barcha resurslarni e’tiborga olgan holda joylashtirilmaganligini;

  • Hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta’minlanmagan, iqtisodiy faol mehnat resurslari hisoblangan yerkaklarning yirik shaharlarga ish qidirib kelayotganini;

  • Qishloq hududlarida shaxsiy va xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida rivojlanmaganligini, shuningdek, infratuzilma sub’yektlari (madaniy, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlarni amalga oshiruvchi) ko‘lamining torligini.

Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun:

  • Qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi) mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash;

  • Mehnat resurslarining taklifini va hududdagi barcha tadbirkorlik sub’yektlarining ularga bo‘lgan talabini tarkibi bo‘yicha aniqlash;

  • Erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni ishga solish;

  • Qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini ta’minlashga hissa qo‘shish;

  • Mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolar miqdorini aniqlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilishga ko‘maklashish;

  • Erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta’minlovchi turli ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali o‘tkazilishiga erishish;

  • Mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlovchi barcha resurslarni topib, samarali sarflash kabi vazifalarni bozor talablari darajasida amalga oshirish lozim.

Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali boshqarish uchun hududiy usullardan foydalanish kerak.
Respublikamizning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisobga olish zarur.

    1. Qishloq mehnat bozorining tarkibi va tuzilishi.

Mehnat bozori, bozor tizimining ajralmas qismi sifatida faqat tovar ishlab chiqarish va muomalasi umumiy hukmron boʻlgandagina vujudga keladi. Ishchi kuchi «mehnatga qobiliyati»ning tovarga aylanishi mehnat bozori shakllanishining bosh sharti hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «mehnat bozori boʻlmasa, ishchi kuchi tovarga ayantirilmasa, bozor munosabatlari toʻg‘risidagi gap-soʻzlar og‘izda qolib ketadi»4. Ishchi kuchi tovarga shunday holda aylanadiki, agap uning egasi – xodim – ishlab chiqarish vositalari va turmush kechirish vositalaridan yuridik erkin shaxs boʻlsa. Shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qoʻllash sohasi, undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash huquqini rasmiy beradi. Erkin subyekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va oʻzining ishchi kuchiga egalik huquqiga ega boʻladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi Qonunida ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy mehnat uchun oʻz qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan. Mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band boʻlmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi» Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – umuman, respublika bo‘yicha mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. Shu bilan bir qatorda, mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir koʻrsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq koʻrib chiqamiz.
Qishloq mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti boʻlib yollanma xodimlarni oʻz ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki,mazkur subyektlarni oʻzaro almashuv munosabatiga kirishishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi.
Ular ham, oʻz navbatida, qayta takror ishlab chiqarishda qishloq aholisi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishida namoyon boʻladi. Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatga erishish uchun oʻzaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklarning iqtisodiy munosabatlarda boʻlishlarini taqozo etadi.
Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan oʻzaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram boʻlsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar. Ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining oʻnta talab miqdoriga nisbatan tez oʻsishi.
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy oʻzgarishlar hozirgi sharoitda mehnat bazorida ishchi kuchiga talab va uning taklifining yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat oʻzgarishlarni asoslab beradi. Bunday sharoitlarda, bir tomondan, mehnat bozorining yangi segmentlari agrosanoat majmuasi va ijtimoiy-ishlab chiqarish, infratuzilmasining koʻp jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish boʻg‘inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sekgorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Ishchi kuchi narxining oʻzgarishi mehnat bozori shakllanishining muhim iqtisodiy sharti hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtishni amalga oshirayotgan mamlakatlarda ish haqi haqiqiy darajasining pasayishi tendensiyasi kuzatiladi. Nazariy jihatdan bunday vaziyatda ish haqini ishchi kuchi qiymatidan pastroq belgilash uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi. Ammo bunday imkoniyatlardan foydalanishni davlat qonunchilik yoʻli bilan “toʻsib qoʻyish”ga harakat qiladi. Shu maqsadda minimal ish haqi va kun kechirish uchun zarur miqdor darajasi rasmiy ravishda belgilanadi.
Bunday holda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti normal faoliyat koʻrsatganda minimal ish haqi kun kechirish uchun zarur miqdor darajasidan kam boʻlmasligi lozim. Mehnat bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shartsharoitlari orasida yollanma xodimlar va ish beruvchilar sifat koʻrsatkichlarining oshishi yetakchi oʻrin egallaydi.
Agrosanoat majmuasi va xizmat koʻrsatish tarmoqlari koʻlamlarining kengayishi, ularning intensiv rivojlanishi, oʻz vaqtida moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi ishchi kuchining qayta tayyorgarlikdan oʻtishini va yangi zamonaviy kasblarni (universal ishchi va xizmatchi, tadbirkor, menejer, marketolog va h.k.) oʻzlashtirishni talab qiladi.
Demografik shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllanishiga turlicha ta’sir koʻrsatadi. Masalan, yuqori darajadagi tug‘ilish mehnat bozoriga aholining katta oqimi kelishini asoslaydi. Respublikada mehnatga layoqatli aholining yosh boʻyicha tuzilishida 16–29 yoshdagi yigit-qizlar ulushi 2020-yilida 26,4% ni tashkil qiladi (1-jadvalga qarang).
O‘rta maktablarni bitiruvchilarning koʻpchiligi, dastlabki kasb tayyorgarligiga ega boʻlmaganlari holda qishloq xoʻjaligiga jalb qilinadilar. Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan aniq sotsiologik tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi oʻrtasida yoshlarning ulushi 34% ni, ba’zi tumanlarda esa 35–55 % ni tashkil qildi, ularning mutlaq ko‘pchiligi xotin-qizlardir (60–65%). Yoshlarning 89 foizi ishga joylashishni xohlaydilar.

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin