Udk: 331. 526 Jumayev Sulaymon Urol o‘g‘li


O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh boʻyicha tuzilishi



Yüklə 203,25 Kb.
səhifə4/7
tarix17.10.2022
ölçüsü203,25 Kb.
#65284
1   2   3   4   5   6   7
I-bob 2022

O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh boʻyicha tuzilishi.
1.2.1-jadval

Koʻrsatkichlar

2018-yil

2019-yil

2020-yil

Aholining barchasi Shu jumladan:

100

100

100

Mehnatga layoqatli yoshdan kichik yoshdagilar

41.3

40.6

39.7

Mehnatga layoqatli yoshdagilar. Shu jumladan:

51.2

52.0

53.0

16–29 yoshdagilar

24.8

25.7

26.4

Mehnatga layoqatli yoshdan kata yoshdagilar

7.5

7.4

7.3

Mehnat bozori shakllanishiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ish mavsumiy boʻlganligi uchun ish bilan toʻliq band boʻlmagan shaxslarning koʻpchiligi sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Bizning baholashimizcha, 2020-yilda shu sababga koʻra, Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida 38,4 ming kishi, ya’ni undagi xodimlarning 18,4 foizi ishtirok etmagan. Mavsumiy mehnat davrining kattaligi ishsizlik xavf-xatari va hajmini oshiradi. Hozircha qishloq xoʻjaligida qoʻl mehnatining ulushi ancha katta. Ammo bu an’anaviy tarmoqning ekstensiv rivojlanishi va yangi qoʻshimcha ish joylarini yaratish imkoniyatlari kamligi hamda yer va suv resurslari yetishmasligi tufayli cheklangan. Shu bilan birga ilmiy-texnik yangiliklar va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or uslublarini tatbiq etish xodimlar qishloq xoʻjaligidan ozod qilinishini tezlashtiradi. Bu esa yuqori malakaga ega boʻlmagan mehnatga talabni yanada kamaytiradi va ishsizlikni, ayniqsa, koʻp bolali ayollar va yosh qizlar oʻrtasida koʻpaytiradi. Ish beruvchi va yollanma xodim oʻrtasida tuzilgan Mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish-sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.


Mehnat huquqi boʻyicha g‘arb mutaxassislarining ilmiy ishlarida Mehnat shartnomasi «Xodimni ish haqi evaziga mehnat qilish majburiyatini olishi va huquqiy boʻysunishi mavjudligi haqidagi kelishuv» sifatida ifodalanadi. Shartnoma xususiy-huquqiy xaridlarning turlicha koʻrinishi boʻlib, unga nisbatan fuqarolik huquqiga xos me’yorlar, qoidalar, konseptual konstruksiyalarni qoʻllash imkoniyatlari va zaruriyatini asoslaydi. Mehnat shartnomasining bosh xusuyati shundan iboratki, uni tuzish albatta bo‘ysunish va bog‘liqlikka olib keladi, bundan tashqari vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ishonchlilik va uzoq muddatlilik xarakterini ifodalaydi. Ishlovchini yollovchiga bo‘ysunishiga iqtisodiy ma’noda mehnat shartnomasining asosiy alomati sifatida qaraladi. Bu boʻysunish, qoidaga koʻra, nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, tashkiliy, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mehnat kodeksi»ning barcha talablariga javob beruvchi, shakllantirilgan yuridik xarakterga ega.
Ish kuchiga talab va taklif nisbatining yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim raqobatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xoʻjaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi koʻproq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat koʻrsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yoʻli bilan ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bular esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar mehnat bozori faoliyat koʻrsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to‘liq amalga tatbiq etgan holda mazkur bozor shakllanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi:
– ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli qishloq aholisining ish bilan band bo‘lish va bo‘lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan ta’kidlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyat turini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi;
– ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va «Mehnat kodeksi» qoidalariga albatta, amal qilgan holda ishga erkin yo‘llashlari va ishdan boʻshatishlari hamda bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq toʻlashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
– yollanma xodimlarning ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi;
– ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam boʻlmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning ortishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • Noqishloq xoʻjaligi tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish.

  • Mehnat qoʻllaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish

  • Yangi yerlarni oʻzlashtirish.

  • qayta ishlash sanoati.

  • Xizmatlar koʻrsatish va shaxsiy mehnat faoliyati koʻlamini kengaytirish.

  • Kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar.

Shu bilan bir vaqtda, ishchi kuchi taklifini pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi:

  • Shaxsiy yordamchi xo‘jalik.

  • Yakka mehnat faoliyati.

  • Xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish.

  • Bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish.

  • Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish.

  • Inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish.

  • Mahalliy kadrlarning raqobatbardoshligi, safarbarligi va malakasini oshirish va boshqalar.

Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga koʻmaklashadi.
Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, toʻlash qobiliyatiga ega boʻlmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlarni oʻzlashtirish koʻlamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyalarni qoʻllash, mehnat unumdorligini oshirish va h.k.lar. Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar, xususan, kadrlarning malakasi va safarbarligi darajasining pastligi, mehnat resurslari soni oʻsish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xoʻjaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etish hollarining koʻpayishi, mehnatni qoʻllash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar mavjud.
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar,yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; yollanma mehnatni tashkil qilishning turli-tuman uslublari; turmush uchun zarur boʻlgan mablag‘lar jamg‘armasi, yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxoʻrlar va bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati boʻlgan shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xoʻjaligida va yollanmasdan «uy mehnati»da band boʻlganlarning soni; qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va h.k.lar. Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining oʻzgarishi bilan aniqlanadi: mavjud boʻlgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar; mulkchilik shakllarining turlitumanligi; korxonalar va tashkilotlarning toʻlovga qodir emasligi (bankrotligi) va h.k.lar.
O‘zbekistan sharoitida mehnat bozorini samarali shakllantirishga toʻsiq boʻladigan bir qator cheklovchilar ham mavjud: mehnatning qo‘llanilishining noqishloq xoʻjaligi mintaqalari yaxshi rivojlanmaganligi; mehnat haqining past darajasi; iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi; yollanma ishchi kuchining malakasi va safarbarligi pastligi; ish beruvchilarning yetarlicha tajribaga ega emasligi va h.k.lar. Shu bilan birga oʻtish davrida noqishloq xoʻjaligi mehnat mintaqalarining yetishmasligi, ish xaqining past darajasi va iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi, xom ashyolar yetishmasligining koʻpaygani, mahalliy kadrlar malakasi va mobilligi darajasining pastligi ishchi kuchiga talabning oshishiga asosiy oʻsiq boʻlmoqda.
Xodimlar mehnatining yakuniy natijalari qadrsizlanishi mulkning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirishga toʻsiq boʻluvchi asosiy iqtisodiy vositalardan biridir.
Bu sohada ijobiy natijalarsiz bozor iqtisodiyotining asosiy harakat qiluvchi kuchlari – tadbirkorlar, ya’ni mehnat bozorida ishchi kuchining xaridorlari paydo boʻlishi mumkin emas. Ish beruvchilar malakasining pastligi va ularda tadbirkorlikka tajriba koʻnikmalari yetishmasligi mehnat bozorining shakllanishi yoʻlida jiddiy toʻsiq boʻlmoqda. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun tadbirkor «Biznes», «Marketing», «Menejment», «Bank ishi», «Axborot texnologiyasi» kabi fanlarni, xorijiy tillarni mukammal bilishlari, sanoat mehnatining hal qiluvchilik oʻrnini tushunishlari va uni boshqa har qanday mehnatdan yuqori baholay olishlari uchun ma’lum vaqt va sharoitlar kerak.
Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan mehnat bozorining asosiy tarkibiy qismlarni mukammal tadqiq qilish uning shakllanish jarayonini batafsil ifodalabgina qolmasdan, balki bu sohada yechilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolarning aniqlanishiga ham imkon beradi: ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha xodimlar ozod bo‘lishini tezlatish; ish bilan band bo‘lmagan, mehnatga layoqatli aholining raqobatbardoshligi va malakasini oshirish, turg‘unligini kamaytirish va uning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash. Bu muammolarni mehnatni qo‘llashning noqishloq xoʻjaligi bo‘lgan tarmoqlarini rivojlantirish, oʻquv muassasalari va bandlik xizmatlarining faoliyatini yaxshilash va mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni samarali tartibga solish yoʻli bilan muvaffaqiyatli hal qilish mumkin.

    1. Qishloq mehnat bozorida bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyati hamda uning asosiy yo’nalishlari.

Ishchi kuchi bozori ichki regulyatorlarining turli-tumanligi hamda uning samarali amal qilishi ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega ekanligi tufayli mehnat bozorida uni malakali ravishda tartibga solish talab etiladi. Bandlik sohasida tartibga solishning bunday tizimini yaratish O‘zbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Bu borada hozirda ayrim ishlar qilinganligini aytib oʻtish kerak: mehnat bozori va munosabatlarining yangi qonuniy asoslari (bandlik xizmatlari) tuzildi, ishsizlarni roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizda 200 dan ziyod mehnat birjalari (davlat bandlik xizmatlari) faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan mehnat munosabatlari boʻyicha 2000 dan ortiqroq mutaxassis aholini ish bilan ta’minlash va faol ijtimoiy muhofaza masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Bunda koʻpgina rivojlangan mamlakatlar (AQSH Rossiya va h.k.)ning sinalgan tajribasiga ham suyanilmoqda. O‘zbekiston hukumati imkoni boʻlgan, huquqiy jihatdan asoslangan barcha dasturlar yordamida respublikada mehnat bozori siyosatini olib bormoqda. Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning toʻrtta asosiy yoʻnalishini ajratib koʻrsatish mumkin.

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin