Udk: 331. 526 Jumayev Sulaymon Urol o‘g‘li


Aholining ish bilan band ASK tarmoqlari



Yüklə 203,25 Kb.
səhifə6/7
tarix17.10.2022
ölçüsü203,25 Kb.
#65284
1   2   3   4   5   6   7
I-bob 2022

Aholining ish bilan band ASK tarmoqlari



O‘zbekiston Respublikasi



Germaniya



Buyuk Britaniya



AQSH

Qishloq xoʻjaliklari

67,2

6,3

2,4

3,0

Qayta ishlash sanoatida

12,2

41,5

30,2

27,4

Ishlab chiqarish-ijtimoiy infratuzilmasida

20,6

57,2

67,4

69,6

Mehnat bozori rivojlanayotgan sharoitlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi ish joylari qisqartirilishi natijasida xodimlarning tez ozod boʻlishi oddiy hol boʻladi. ASKning barcha sohalarini uzviylashtirish va takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish-ijtimoiy infratuzlmasining yuksalishi bandlikni mehnatningg qishloq xoʻjaligi boʻlmagan turlari boʻyicha oʻsishiga koʻmaklashadi.


Aholi bandligining tarkibiy oʻzgarishlaridagi koʻrsatilgan tendensiyalar mehnat resurslaridan samarali foydalanish omili sifatida xodimlarning qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridan sanoat mehnati jabhalariga koʻchib oʻtishiga olib keladi. Aholining tarmoqlararo bandligidagi oʻzgarishlar hududlar mehnat bilan turlicha ta’minlanishiga olib kelsa ham, hamma joyda ijtimoiy mehnatni qayta taqsimlashga erishish zarur.
Chunki uni toʻxtatib turish kelajakda mehnatni qoʻllashning yangidan rivojlanayotgan tarmoqlarini xodimlar bilan ta’minlashga jiddiy toʻsiq boʻlishi va ijtimoiy mehnat samaradorligining pasayishiga qattiq ta’sir etishi mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun xodimlarni oʻqitish va qayta tayyorlash, qishloq aholisining kasb egallashdagi samarali tizimini tashkil qilishga alohida ahamiyat berish kerak.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ozod boʻlgan xodimlar malakasi darajasini sanoat mehnatining zamonaviy talablariga toʻliq moslashtirishdek murakkab ijtimoiy muammoni shoshilinch yechish kerak. Buning uchun esa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qabul qilingan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish lozim.
Qishloq xoʻjaligidan ozod boʻlgan past malakali xodimlar orasida mehnatga layoqatli ayollar katta salmoqni (65%) tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida ayollar bandligi muammosi yanada keskinlashadi, iqtisodiy islohotlar ayol ishchi kuchinining maralizatsiyalashishiga olib keladi. Kamroq malakali ayol ishchi kuchi mehnat bozorida teng raqobat qila olmaydi. Sir emaski, ayollar ishdan boʻshatish uchun birinchi nomzodlardir.
2015–2020-yillar davomida ish joylarini yoʻqotganlarning 65% ni ayollar tashkil qiladi. Shunday vaziyat vujudga kelmoqdaki, unda ayollar birinchi ishdan boʻshatiluvchilar safida, ammo boʻsh joyga esa birinchi nomzod emas. Bozor munosabatlariga oʻtishda ayol ishsizligining oʻsishi koʻpgina sabablar bilan izohlanadi, ammo ulardan eng muhimlari, birinchidan, ayol mehnatini qoʻllash uchun ish joylarining yetishmasligi; ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi ishlarida qoʻl mehnati salmog‘ining yuqoriligi: uchinchidan, ularning malakasi darajasi va safarbarligining pastligi. Shuning uchun mehnat bozorida asl ishchi kuchiga talab erkaklarga qaraganda ancha kam.
Ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlarni oʻtkazish lozim. U koʻp bolali ayollar va yosh qizlar uchun yangi ish joylarini yaratish, ayollarni bolaga qarash davridan keyin kasbiy moslashtirlsh va ishlab chiqarlshga qaytarish, bolasi bor ayollar malakasini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil qilish, ayolning ish sharoitini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilishni rag‘batlantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak.
Davlat bandlik siyosati doirasida mehnat bozorini tartibga solishda bandlikka koʻmaklashish jamg‘armalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab oʻtish kerak. Bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi xarajatlarini shartli ravishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qismlarga ajratish mumkin:
– ishsizlik boʻyicha nafaqaga sarflanadigan mablag‘lar, ishsizlarga moddiy yordam koʻrsatish, uzoq muddatli peniyalar toʻlash (bularni passiv siyosat deb atash qabul qilingan); – qayta tayyorlash va jamoat ishlariga sarflanadigan mablag‘lar. Faol siyosatning mazkur shakli amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadi, ya’ni bandlik sohasidagi davlat xizmati uchun majburiy hisoblanadi. – moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga, qimmatli qog‘ozlar sotib olish va boshqa xarajatlarga moʻljallangan mablag‘lar. Aytib oʻtilgan bu shakllarni birlashtirib turadigan tomon shuki, ular qonun bilan kafolatlanmagan. Shu bilan birga «moliyaviy qoʻllab-quvvatlash» moddasiga doir xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan;
– bandlik xizmatlarini rivojlantirish uchun moʻljallangan mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital mablag‘lar, reklama, «Bandlik axborot xizmati»).
Davlatning bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi quyidagi toʻlovlarni amalga oshiradi:
– ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlash;
– bandlik xizmati yoʻllanmasi bilan koʻngilli ravishda boshqa joylarga koʻchib boruvchining yoʻl chiqimlariga bog‘liq moddiy xarajatlarini qoplash;
– vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun haq toʻlash; – bandlik xizmati tomonidan kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish uchun stipendiyalar.
Ishsizlarga uzoq muddatli pensiyalar tayinlash munosabati bilan Pensiya jamg‘armasi xarajatlari bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasidan qoplanadi. Aholining bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasiga badallar toʻlashi uchun sug‘urta tarifi mehnat haqiga toʻlashga moʻljallangan mablag‘larning 1,5% ini tashkil etadi. Badallar toʻlashdan nogironlarning jamoat tashkilotlari, nogironlar va pensionerlarning jamoat tashkilotlari, ularga tegishli boʻlgan korxonalar, shuningdek, diniy birlashmalar ozod qilinadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator yoʻnalishlar mavjud boʻlib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishdan iborat.
O‘zbekistonda davlat banddik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan edi. Respublika aholi bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro amaliyotga muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholi bandligi xizmati mintaqalarda (viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab turibdi.
Aholining bandligiga koʻmaklashish bilan bog‘liq xizmatlar bandlik xizmati organlari tomonidan bepul koʻrsatiladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. Bular xodimni tanlash boʻyicha tijorat agentliklari, oʻquv yurtlari huzuridagi muassasalar, diniy idoralar huzuridagi va hokazo muassasalardir. Tajribalarning koʻsatishicha, bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozorining toʻla ma’noda tartibga soluvchi ta’sirchan vositasi boʻlib qolishi mumkin.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozori haqidagi, uning ahvoli va istiqboli toʻg‘risidagi axborotlarni toʻplaydi. Bozor tuzilmasi sifatidagi mehnat birjasi xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Aholi bandligini nodavlat darajasida tashkil etish sohasidagi tijorat tuzilmalarining boshqa shakllari ham mavjud.
2021- yil yanvar-dekabr oylarida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 147939 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlarning katta qismi Qarshi (10707 kishi) shahrida, Qarshi (26472 kishi), Chiroqchi (22069 kishi), Kasbi (19727 kishi ), Qamashi (14897 kishi), Dehqonobod (10244 kishi), G’uzor (7680 kishi), Nishon (5964 kishi), Yakkabog‘ (5420 kishi), Kitob (5178 kishi) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 23006 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko‘rsatkich, Qarshi (3199 kishi),Shahrisabz (1106 kishi) shaharlarida, Kitob (2593 kishi), G’uzor (2190 kishi), Qarshi (2387 kishi), Kasbi (2044 kishi), Nishon (1882 kishi), Muborak (1640 kishi), Yakkabog‘ (1396 kishi), Qamashi (1307 kishi ) tumanlarida yuqori darajada bo‘ldi. O’tgan davr mobaynida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 3847 nafari ishsizlik maqomini olgan.
Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin