Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ish qidirib murojaat etgan fuqarolarning hududlar kesimidagi ulushi
(jami murojaat qilganlarga nisbatan ulushi, foizda)
Izoh: 2021- yil yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilib kelganlardan ro‘yxatga olinganlar ulushi Qarshi shahrida va Qarshi, Chiroqchi, Kasbi, Qamashi tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Ish bilan ta’minlangan aholining hududlar kesimidagi ulushi 1) (jami ish bilan ta’minlanganga nisbatan ulushi, foizda)
Izoh: Ishga joylashtirilgan shaxslar soni Qarshi shahrida, Kitob, Qarshi, G‘uzor, Kasbi va Nishon tumanlarida yuqori bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
I bob bo‘yicha xulosa. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida davlatning eng asosiy vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimini topish, mavjud davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush darajasini yaxshilash hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirishda aholini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa ayniqsa ishsizlik, norasmiy ish bilan bandlik va kambag‘allik darajasini kamaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan mazkur muammolar va ularning yechimlari aniq ko‘rsatilgan: кambag‘allikni kamaytirish – bu alohida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”.
Bu esa mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashi, ishsizlikni kamaytirishni taqozo etadi. Ularni ijobiy hal qilish aholi turmush darajasini oshirishga olib keladi. Hozir mamlakat mehnat resurslarining ish bilan band boʻlmagan qismi koʻrsatkichi asta-sekin oʻsib borish an’anasiga – tendensiyasiga ega. Bunday holat sanoat mehnatining tor doirada qo‘llanilishi, yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining yetarli emasligi, mehnat resurslari sonining ish joylari miqdoriga nisbatan tezroq o‘sishi, ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida mutanosiblikning mavjud emasligi, mahalliy kadrlar malakasi va raqobat qobiliyatining pastligi va ularning ish axtarish harakatlari sustligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’min-lashga yangi yerlar oʻzlashtirilishining kamayishi, intensiv texnologiya va kam mehnat talab qiladigan texnikaning yuqori unumsiz qo‘llani-lishi, xo‘jalik yuritish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi bozor usullaridan samarasiz foydalanilishi, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlik rivojlanishining past darajasi, ish bilan band bo‘lganlar moddiy manfaatdorligining pasayishi va inflatsiya jarayonlari kabi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, sanab oʻtilgan omillar bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining muqarrar belgilaridir.
Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali mexanizmlaridan biri mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish zarur.
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-fevral. Kun.uz sayti.
2 Manba “Asosiy adabiyotlar”dagi tartib raqami bo‘yicha ko‘rsatilgan.
3 Онишенко В.Ф. Рациональная занятность: методология региональних исследований - Киев: Наукова Думка, 1989.
4 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida. – T.: «O‘zbekiston», 1995.
5 Qashqadaryo viloyatining statistik axborotnomasi.
1)
1)1)Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlari asosida