Birinchidan, bu iqtisodiyotning nodavlat sektorida bandlikning oʻsishini rag‘batlantirish va ish joylari sonini koʻpaytirish dasturlari.
Ikkinchidan, ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturlar.
Uchinchidan, ishchi kuchini yollashga koʻmaklashish dasturlari.
Toʻrtinchidan, hukumat ishsizlikni ijtimoiy sug‘urta qilish borasida ham dasturlar ishlab chiqishga kirish-moqda, ya’ni ishsizlarga nafaqa berish uchun mablag‘ jamg‘armasi tuzildi.
Shu tarzdagi dasturlar doirasida, masalan, AQSHda urushdan keyingi yillarda davlat sektorida (ijtimoiy xizmatlar sohasida – maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xoʻjalik hamda ijtimoiy binolar qurilishi va ta’mirlashtiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan edi. 2500 dan koʻproq mahalliy agentliklarga (mehnat birja-lariga) ega boʻlgan AQSH ishga joylashtirish xizmati ishsizlarni roʻyxatga olish bilan shug‘ullanadi.
Ular boʻsh ish joylari topishga harakat qilishadi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni test sinovidan oʻtkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan shug‘ullanishadi. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda esa, AQSHda uning asosiy boʻg‘ini boʻlib oliy va oʻrta maktab, xususiy korporatsiyalarining oʻquv kurslari va markazlari hisoblanadi. Kasbga tayyorlashning davlat tizimi bu yerda ancha zaif rivojlangan. Mantiqan olganda uslubiy jihatdan bu yoʻnalishlar quyidagi tamoyillarga suyanadi.
Hozirgi vaqtda mehnatga layoqatli aholi bandligining vujudga kelgan tarmoqlardagi tuzilishi iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish tuzilishining aks ettirilishi boʻlib, u iqtisodiy maqsadga muvofiqlik nuqtayi nazaridan oqilona emas, deb ta’riflanadi.
Tadqiqotlar koʻrsatadiki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda aholining ish bilan bandligi, avvalambor, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotishga yoʻnaltirilgan. O‘zbekistonda esa teskari manzara kuzatiladi: 67% dan ortiq aholi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va xom ashyo sifatida qayta, ishlash sanoatiga tayyorlash bilan shug‘ullanadi (3-jadvalga qarang). Xuddi shunday vaziyat sobiq ittifoq davlatlarida ham hukmron. Masalan, Ukrainada qishloq xoʻjaligida band boʻlganlar 73% ni, qayta ishlash sanoatida 10% ni, savdo va umumiy ovqatlanishda 7% ni tashkil qiladi [3, 41-6.]. Mehnat resurslarining ishlab chiqarish tomoniga bunday mutanosibligi keyinchalik mahsulotni iste’molchi tomoniga qarab harakat qilishida ishchi kuchining elementar yetishmasligi oqibatida uzilishlarga olib keladi. 3-jadval O‘zbekiston Respublikasi va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ASKida aholi bandligining tuzilishi.