Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


O‘z-o‘zini boshqara olish



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə40/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

O‘z-o‘zini boshqara olish
Jahlni tiyish, g‘azabni jilovlash insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Xitoy faylasufi Lao Szi aytganidek: «Boshqalarni boshqarish – kuch, o‘z-o‘zini boshqarish – qudratdir».
Rahmat aytish
Atrofdagilarga tez-tez minnatdorchilik bildirib turing. Bu odat o‘zaro rishtalarni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi.
«BOKS QIROLI» – MUHAMMAD ALINING KUCHLI JIHATLARI
«Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir paytda o‘zimga: «To‘xtama! Hozir azoblansang
ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib yashaysan» deyishni kanda qilmadim. Kuchli ezgu istak meni o‘zim xohlagan manzilga olib borishini bilar edim. Chempionlar mashq zallarida yetishib chiqmaydilar. Ular, avvalo, o‘zlarining qalblarida kuchli xohish, orzu tufayli tug‘iladilar. Sportda g‘alaba uchun mahoratdan ko‘ra istakning ahamiyati yuqori.
Omading kelgani sari odamlarga yaxshilik qo‘lini cho‘z. Odamlarni baxtli qilish – mening burchim bo‘lgan. Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon muhabbat, bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq saxiylik, yana birozgina g‘amxo‘rlik yetarli ekanini aytaman».
Ma’naviyat xazinasidan
Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi.
Mahatma Gandi
Yaxshi fazilatli insonni hech kim omaddan ayira olmaydi. Yomon xulqli kishiga yer yuzidagi hech kim yordam berolmaydi.
Hikmat
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
Quyidagi xususiyatlar nimalarga olib kelishini muhokama qiling.
1. Men mayda-chuyda detallarga ham haddan tashqari e’tiborliman.
2. Men yordam so‘raganlarga «yo‘q» deya olmayman.
3. Mening fikrim tez-tez o‘zgarib turadi.
4. Ba’zida menga ishonch yetishmaydi.
5. Men bilmaganimni boshqalardan so‘ray olmayman.
6. Men juda qiziqqonman.
7. Men ishlarni chala tashlab ketaman.
8. Men odamlarni tinglay olmayman.
9. Men tez-tez tushkunlikka tushaman.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin