Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Inson fe’l-atvorining hayotiga qanday ta’siri bor?
2. Yetakchi insonlar qaysi xususiyatlari bilan ajralib turishadi?
3. «Temir iroda» deganda nimani tushunasiz? Uning baxt bilan qanday bog‘liqligi bor?
Mulohaza uchun SOHIBQIRON AMIR TEMUR – BUYUK YETAKCHI TIMSOLI Dunyoning qariyb yarmini zabt etgan Amir Temur shaxsiyati fazilatlarga nihoyatda boy bo‘lgan.
Ajdodimiz insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biri bo‘lgan. Uning muvaffaqiyatlari zamirida, avvalo, chin e’tiqod yotadi. Sohibqiron og‘ir damda ham Yaratgandan madad tilar, sarsonlikdan qutqarishini so‘rar edi.
Ixlos bilan qilingan iltijolar ijobat bo‘lib, Sohibqiron zafarli kurashlar olib bordi va mo‘g‘ullarni yengib, buyuk saltanat barpo etdi. Mehribonlik, xokisorlik, ochiq yuzlilik, qat’iyat, haqiqatgo‘ylik kabi fazilatlar Amir Temur yutuqlarining kaliti bo‘lgan. Sohibqiron mardlik, jasurlik bilan davlat tashkil etib, jabr-zulmdan uzoqroq bo‘lishga intildi.
Amir Temur sadoqat, adolatparvarlik kabi fazilatlarni ulug‘lab, ikkiyuzlamachi, munofiqlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan. U boshiga kulfat tushganida ham haq so‘zni aytishdan qo‘rqmagan.
Xushmuomalalik, sabr-matonat, odillik kabi sifatlarni o‘zida mujassam qilgan Sohibqiron boshqa amaldorlardan ham shunday fazilatlarni talab qilgan. Amir Temur hasadchi, kek saqlovchi, qora niyatli, g‘iybatchi, zulmkor, razil, xulqi buzuq kishilarni nihoyatda yomon ko‘rgan, ularni, hatto navkarlikka ham olmagan. U atrofiga jasoratli, dovyurak va mard insonlarni to‘plagan.
Amaliy faoliyat Amir Temurdan o‘rganishimiz lozim bo‘lgan fazilatlar.
1-abzatsdagi gaplardan qanday xulosa chiqardingiz?
2-abzatsdagi «chin e’tiqod» tushunchasiga izoh bering.
3-abzatsda keltirilgan qaysi fazilatlar sizda ham bor?
4-abzatsdagi «ikkiyuzlamachi, munofiqlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan» fikrining mohiyatini tushuntiring.
5-abzatsga ko‘ra, Amir Temur nima sababdan amaldorlardan xushmuomala, sabr-matonatli, odil bo‘lishni talab qilgan?